أَفَغَيْرَ ٱللَّهِ أَبْتَغِى حَكَمًا وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ إِلَيْكُمُ ٱلْكِتَـٰبَ مُفَصَّلًا ۚ وَٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَـٰهُمُ ٱلْكِتَـٰبَ يَعْلَمُونَ أَنَّهُۥ مُنَزَّلٌ مِّن رَّبِّكَ بِٱلْحَقِّ ۖ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُمْتَرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohdan o`zgani hakam qilib olaymi? Holbuki, U sizga kitobni batafsil etib nozil qildi. Biz ularga kitob berganlar uning Robbingdan haq ila nozil qilinganini bilurlar. Bas, shak keltiruvchilardan bo`lma.Аллоҳдан ўзгани ҳакам қилиб олайми? Ҳолбуки, У сизга китобни батафсил этиб нозил қилди. Биз уларга китоб берганлар унинг Роббингдан ҳақ ила нозил қилинганини билурлар. Бас, шак келтирувчилардан бўлма.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, ularga ayting): «Allohdan oʻzgani hakam qilib olaymi?! Axir Uning Oʻzi sizlarga bu Kitob (Qurʼonni) mufassal nozil qilgan zot-ku?» Biz Kitob bergan kimsalar (yahudiy va nasroniylar) uning (Qurʼonning) Parvardigoringizdan haqqi rost nozil qilinganini bilurlar. Bas, hargiz shak-shubha qilguvchilardan boʻlmang!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, уларга айтинг): «Аллоҳдан ўзгани ҳакам қилиб олайми?! Ахир Унинг Ўзи сизларга бу Китоб (Қуръонни) муфассал нозил қилган зот-ку?» Биз Китоб берган кимсалар (яҳудий ва насронийлар) унинг (Қуръоннинг) Парвардигорингиздан ҳаққи рост нозил қилинганини билурлар. Бас, ҳаргиз шак-шубҳа қилгувчилардан бўлманг!
Kofirlar oʻz ishlarida Allohdan boshqa kuchlarni hakam qilib olganlaridek, musulmonlarning ham Allohdan oʻzgani hakam qilib olishlarini xohlaydilar. Bu holat Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam paytlarida ham boʻlgan, hozir ham bor. Ushbu oyatda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning tillaridan oʻshalarga raddiya yangramoqda:
«Allohdan oʻzgani hakam qilib olaymi?»
Nima uchun Allohdan oʻzgani hakam qilib olish kerak ekan? Bu ishda qanday mantiq bor? Kim oʻsha hakam oʻzi? Butmi, sanammi? Tuzummi, firqami? Biror hayvonmi yoki oʻzimizga oʻxshagan odammi? Uning nimasi hakamlikka sazovor boʻlibdi?
«Holbuki, U sizga kitobni batafsil etib nozil qildi».
Ushbu kitobda hamma narsa batafsil bayon qilingan. Odamlar oʻrtasida hakamlik qilish ushbu kitobda yoritilgan. Bu haqiqatni boshqa toifadagilar ham biladilar. Xususan:
«Biz ularga kitob berganlar uning Robbingdan haq ila nozil qilinganini bilurlar».
Ahli kitoblardan Islomga kirganlari buni tasdiqlab turibdilar. Ammo, ulardan koʻplari bilib turib, bilmaganga oladilar. Bu haqiqatni boshqalarki bilar ekan:
« Bas, shak keltiruvchilardan boʻlma».
Albatta, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hech qachon shak keltirmaganlar. Ammo kofirlarning makru hiylasi, dushmanliklari gʻoyatda kuchli boʻlganidan yana bir bor taʼkid uchun, sobit turish zarurligini bildirish uchun aytilmoqda. Aslida esa, odamlar orasida hakam boʻlguvchi Allohning soʻzi batamom boʻlgan: