وَتَمَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ صِدْقًا وَعَدْلًا ۚ لَّا مُبَدِّلَ لِكَلِمَـٰتِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbingning so`zlari sodiqlik va adolat ila batamom bo`ldi. Uning so`zlarini o`zgartuvchi yo`q. Va U yaxshi eshitguvchi va yaxshi bilguvchi Zotdir.Роббингнинг сўзлари содиқлик ва адолат ила батамом бўлди. Унинг сўзларини ўзгартувчи йўқ. Ва У яхши эшитгувчи ва яхши билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Parvardigoringizning soʻzlari sidqu adolatda komil boʻldi. Uning soʻzlarini oʻzgartirguvchi yoʻqdir. U eshitguvchi, bilguvchidir.Парвардигорингизнинг сўзлари сидқу адолатда комил бўлди. Унинг сўзларини ўзгартиргувчи йўқдир. У эшитгувчи, билгувчидир.
Alloh taoloning soʻzlari sodiqlik–rostlik–toʻgʻrilik ila aytib boʻlingan, unga qoʻshimcha qilishning hojati yoʻq. Amal qilish kerak, xolos.
«Robbingning soʻzlari sodiqlik va adolat ila batamom boʻldi».
Alloh taoloning shariatga kiritgan amrlari, odamlar orasidagi hukm haqidagi soʻzlari ham batamom–tugal boʻlgan. Unga ham hech qanday qoʻshimchaning zarurati yoʻq. Faqat amal qilish kerak, xolos. Ana shunday tugal, sodiq soʻzlar turganda oʻzganing soʻziga yoʻl boʻlsin. Ana shunday tugal va adolatli hukmlar turganda boshqaning hukmiga yoʻl boʻlsin.
«Uning soʻzlarini oʻzgartuvchi yoʻq».
Uning sodiq, tugal va toʻgʻri soʻzlarini hech kim oʻzgartira olmaydi. Oʻzgartirishga hojat ham yoʻq. Xoh aqiyda masalasida, xoh tasavvur, xoh mafkura, xoh asos, xoh axloq, xoh hukm, xoh boshqa masalalarda boʻlsin, hech kim hech qachon Allohning soʻzlarini oʻzgartira olmaydi.
«Va U yaxshi eshitguvchi va yaxshi bilguvchi Zotdir».
Kim qayerda boʻlmasin, nima demasin, hamma-hammasini Alloh taolo eshitib turadi. Kim nima qilmasin, hamma-hammasini Alloh taolo yaxshi bilib turadi. Shunday boʻlgandan keyin, faqat Allohning soʻziga va amriga itoat qilish kerak.