QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят116

وَإِن تُطِعْ أَكْثَرَ مَن فِى ٱلْأَرْضِ يُضِلُّوكَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَإِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va agar yer yuzidagilarning ko`plariga itoat qilsang, seni Allohning yo`lidan adashtirurlar. Ular gumondan boshqaga ergashmaslar. Ular taxmin qilurlar, xolos.Ва агар ер юзидагиларнинг кўпларига итоат қилсанг, сени Аллоҳнинг йўлидан адаштирурлар. Улар гумондан бошқага эргашмаслар. Улар тахмин қилурлар, холос.Alauddin Mansour: Yer yuzidagi kimsalarning juda koʻplariga itoat qiladigan boʻlsangiz, sizni Allohning yoʻlidan ozdirurlar. (Zotan) ular faqat gumonlarigagina ergashurlar va faqat aldaydilar, xolos.Ер юзидаги кимсаларнинг жуда кўпларига итоат қиладиган бўлсангиз, сизни Аллоҳнинг йўлидан оздирурлар. (Зотан) улар фақат гумонларигагина эргашурлар ва фақат алдайдилар, холос.

142-sahifa · 8-juz · 15-hizb142-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنva agarва агарتُطِعْitoat qilsangитоат қилсангأَكْثَرَkoʻplarigaкўпларигаمَنkimsalarningкимсаларнингفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِyer yuziер юзиيُضِلُّوكَseni adashtiradilarсени адаштирадиларعَن-dan-данسَبِيلِyoʻlidanйўлиданٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингإِنemasэмасيَتَّبِعُونَergashurlarэргашурларإِلَّاfaqatфақатٱلظَّنَّgumongaгумонгаوَإِنْva emasва эмасهُمْularуларإِلَّاfaqatфақатيَخْرُصُونَtaxmin qilarlarтахмин қиларлар
TafsirТафсир

Koʻpchilikning fikri yoki koʻpchilik talab qilyapti deb, nohaq ishlarga ham yurib ketaverish kerak emasligini ushbu oyatdan bilib olamiz.

Gapning yoki ishning toʻgʻri yoki notoʻgʻriligi uni aytayotgan yoki qilayotganlarning soniga qarab belgilanmaydi. Balki, Allohning hukmiga qarab bilinadi. Kim Allohning hukmidan boshqaning irodasiga boʻysunsa, Allohning yoʻlidan adashgan boʻladi.

«Va agar yer yuzidagilarning koʻplariga itoat qilsang, seni Allohning yoʻlidan adashtirurlar».

Chunki, Allohning yoʻliga ergashmaganlari uchun:

«Ular gumondan boshqaga ergashmaslar».

Shunday qilsak, yaxshi boʻlsa kerak. Buni ham bir qilib koʻraylik-chi, nima boʻlar ekan? Falonchilarning uslubini qoʻllab koʻraylik va hokazo. Shunga oʻxshash gumon, taxmin va farazdan oʻzga hech narsalari yoʻq. Shu bilan birga, biz tanlagan yoʻl eng toʻgʻri yoʻl, deb ham qoʻyishadi. Bir muddatdan soʻng boshqasi kelib, oʻzidan avvalgisini oyoqosti qiladi va oʻzi eng toʻgʻri yoʻlni topib olganini koʻz- koʻz qila boshlaydi. Ammo, u ham tez fursatda oʻziga oʻxshashning oyoqlari ostida tepkilanadi.

«Ular taxmin qilurlar, xolos».

Gumon va taxmin esa, faqat zalolatga boshlaydi.