وَهَـٰذَا كِتَـٰبٌ أَنزَلْنَـٰهُ مُبَارَكٌ فَٱتَّبِعُوهُ وَٱتَّقُوا۟ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz tushirgan bu kitob muborakdir. Bas, unga ergashinglar. Va taqvo qilinglar. Shoyadki, rahim qilinsangizlar.Биз туширган бу китоб муборакдир. Бас, унга эргашинглар. Ва тақво қилинглар. Шоядки, раҳим қилинсангизлар.Alauddin Mansour: Mana bu esa Biz nozil qilgan muborak Qurʼondir! Bas, unga ergashingiz va (Allohdan) qoʻrqingiz! Shoyad rahmatga erishsangizlar.Мана бу эса Биз нозил қилган муборак Қуръондир! Бас, унга эргашингиз ва (Аллоҳдан) қўрқингиз! Шояд раҳматга эришсангизлар.
Qurʼoni Karim koʻplab yetuk sifatlarga musharraf kitobdir. U, bu dunyoga ham, oxiratga ham barakadir. «Biz tushirgan bu kitob muborakdir». Bu haqiqatni Qurʼoni Karimga aloqasi boʻlgan har bir musulmon yaxshi biladi. Agar dunyoda yashashdan maqsad ikki dunyoning barakasiga erishmoq boʻlsa: «Bas, unga ergashing». Undan oʻzga ergashishga arzigulik narsa yoʻq. Boshqalar barakasiz narsalar. Ularga ergashganlar ikki dunyoda maqsadlariga erisha olmaydilar. Qurʼonga ergashish bilan birga, taqvo ham boʻlishi zarur. «Va taqvo qilinglar». Chunki, taqvosiz Qurʼonga ergashishni tasavvur ham qilib boʻlmaydi. Agar inson taqvo ila Qurʼonga ergashsa: «Shoyadki, rahim qilinsangizlar».