QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят154

ثُمَّ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَـٰبَ تَمَامًا عَلَى ٱلَّذِىٓ أَحْسَنَ وَتَفْصِيلًا لِّكُلِّ شَىْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً لَّعَلَّهُم بِلِقَآءِ رَبِّهِمْ يُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yana Musoga ham kitobni, yaxshilik qilganga (ne'mat) batamom bo`lishi uchun, har bir narsa batafsil bo`lishi uchun, hidoyat va rahmat bo`lishi uchun berdik. Shoyadki, ular Robbilariga ro`baro` bo`lishlariga iymon keltirsalar.Яна Мусога ҳам китобни, яхшилик қилганга (неъмат) батамом бўлиши учун, ҳар бир нарса батафсил бўлиши учун, ҳидоят ва раҳмат бўлиши учун бердик. Шоядки, улар Роббиларига рўбарў бўлишларига иймон келтирсалар.Alauddin Mansour: Yana (bilingizki), chiroyli amal qilgan zotlarga (neʼmatimizni) komil qilib berish va barcha narsani aniq bayon qilish uchun hamda hidoyat va rahmat boʻlsin, deb Musoga Kitob (Tavrot) ato etdik. Shoyad (Bani Isroil) Parvardigorlariga roʻbaru boʻlishlariga iymon keltirsalar.Яна (билингизки), чиройли амал қилган зотларга (неъматимизни) комил қилиб бериш ва барча нарсани аниқ баён қилиш учун ҳамда ҳидоят ва раҳмат бўлсин, деб Мусога Китоб (Таврот) ато этдик. Шояд (Бани Исроил) Парвардигорларига рўбару бўлишларига иймон келтирсалар.

149-sahifa · 8-juz · 15-hizb149-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّyanaянаءَاتَيْنَاberdikбердикمُوسَىMusogaМусогаٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниتَمَامًاbatamom boʻlishi uchunбатамом бўлиши учунعَلَى-ga-гаٱلَّذِىٓkimsagaкимсагаأَحْسَنَyaxshilik qilganяхшилик қилганوَتَفْصِيلًۭاva batafsil bayon uchunва батафсил баён учунلِّكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍۢnarsaнарсаوَهُدًۭىva hidoyatва ҳидоятوَرَحْمَةًۭva rahmat boʻlishi uchunва раҳмат бўлиши учунلَّعَلَّهُمshoyadki, ularшоядки, уларبِلِقَآءِduchor boʻlishlarigaдучор бўлишларигаرَبِّهِمْRobbilarigaРоббиларигаيُؤْمِنُونَiymon keltirsalarиймон келтирсалар
TafsirТафсир

Demak, Paygʻambarlar silsilasi, ularga tushayotgan vahiy va kitoblar dunyo avvalidan roʻy berib kelayotgan voqelik. Alloh dunyoni yaratib, unda insonni Oʻz xalifasi qilib qoʻygan paytidanoq odam bolasi Uning Oʻzi koʻrsatgan yoʻldan yurishi lozimligini ham iroda qilgan.

Ana shu silsilaning Islomga eng yaqin xalqasi Muso alayhissalom va u kishining shariatlari hamda u kishiga tushirilgan Tavrot kitobidir.

Ushbu oyatda Alloh taolo Paygʻambari Muso alayhissalomga tushirgan Tavrot kitobidan koʻzlangan baʼzi maqsadlarini bayon qilmoqda:

«Yana Musoga ham kitobni, yaxshilik qilganga (neʼmat) batamom boʻlishi uchun...»

Yaxshilik qilgan inson uchun ilohiy kitob, ilohiy koʻrsatma boʻlmasa, neʼmat batamom boʻlmas ekan. Inson bu dunyoda neʼmat nomini olgan hamma narsaga ega boʻlsa-yu, iymoni boʻlmasa, Alloh taolo bergan kitob–yoʻllanma boʻlmasa, unga berilgan neʼmatlar hech qachon mukammal boʻla olmaydi. Xuddi shuningdek,

«...har bir narsa batafsil boʻlishi uchun...»

Inson hayotidagi narsalarning batafsil boʻlishi uchun ham ilohiy kitobi boʻlish kerak ekan. Busiz inson batafsil bayonotga ega boʻlmaydi va har bir narsani oʻzi izlab topishga urinadi. Oqibatda adashadi va halokatga uchraydi.

«...hidoyat va rahmat boʻlishi uchun».

Kim hidoyat izlasa, ilohiy kitobdan izlasin, kim rahmat izlasa, ilohiy kitobdan izlasin. Boshqa joydan topa olmaydi.

Ana oʻshandagina:

«Shoyadki, ular Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishlariga iymon keltirsalar».

Ilohiy kitob doimo boʻlganligi va undan koʻzlangan baʼzi maqsadlar bayon qilinganidan soʻng, kelasi oyatda Qurʼonga ergashish targʻib qilinadi: