وَأَنَّ هَـٰذَا صِرَٰطِى مُسْتَقِيمًا فَٱتَّبِعُوهُ ۖ وَلَا تَتَّبِعُوا۟ ٱلسُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمْ عَن سَبِيلِهِۦ ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, bu Mening to`g`ri yo`limdir. Bas, unga ergashing. Va boshqa yo`llarga ergashmang. Bas, sizni Uning yo`lidan adashtirmasinlar. Mana shu sizga qilgan amrki, shoyad, taqvo qilsangiz.Албатта, бу Менинг тўғри йўлимдир. Бас, унга эргашинг. Ва бошқа йўлларга эргашманг. Бас, сизни Унинг йўлидан адаштирмасинлар. Мана шу сизга қилган амрки, шояд, тақво қилсангиз.Alauddin Mansour: Albatta, mana shu Mening Toʻgʻri Yoʻlimdir. Bas, shu yoʻlga ergashinglar! (Boshqa) yoʻllarga ergashmangizki, ular sizlarni Uning yoʻlidan uzib qoʻyar. Shoyad taqvo qilsangiz, deb sizlarni mana shu narsalarga buyurdi.Албатта, мана шу Менинг Тўғри Йўлимдир. Бас, шу йўлга эргашинглар! (Бошқа) йўлларга эргашмангизки, улар сизларни Унинг йўлидан узиб қўяр. Шояд тақво қилсангиз, деб сизларни мана шу нарсаларга буюрди.
Dunyodagi yagona toʻgʻri yoʻl–Allohning yoʻli. Inson ergashmogʻi lozim boʻlgan birdan-bir yoʻl–shu yoʻl. Undan boshqa yoʻllarning hammasi notoʻgʻri yoʻllar. Kim ularga yoki ulardan birortasiga yursa, adashadi. Notoʻgʻri yoʻlga yurganlar Allohning yoʻlidan adashgan boʻladi. Alloh taoloning ushbu narsalarni bajarishga hukm qilishi ham bandalar taqvo qilib, toʻgʻri yoʻlni topishlari uchundir.
Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisda Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilarki: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qoʻllari bilan bir chiziq chizdilar-da, soʻngra: «Bu–Allohning toʻgʻri yoʻli», dedilar. Keyin oʻng va chap tomonlaridan chiziq chizib turib: «Mana bu yoʻllarning har birining boshida unga chaqirib turadigan shayton bor», dedilar va: «Albatta, bu Mening toʻgʻri yoʻlimdir. Bas, unga ergashing. Va boshqa yoʻllarga ergashmang. Bas, sizni Uning yoʻlidan adashtirmasinlar» oyatini tilovat qildilar».
Ammo, bu toʻgʻri yoʻl faqat Muhammad sollallohu alayhi vasallam va u zotning ummatiga berilgan emas, balki undan oldingi Paygʻambarlarga, jumladan, Muso alayhissalomga ham berilgan.