وَلَا تَقْرَبُوا۟ مَالَ ٱلْيَتِيمِ إِلَّا بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ حَتَّىٰ يَبْلُغَ أَشُدَّهُۥ ۖ وَأَوْفُوا۟ ٱلْكَيْلَ وَٱلْمِيزَانَ بِٱلْقِسْطِ ۖ لَا نُكَلِّفُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا ۖ وَإِذَا قُلْتُمْ فَٱعْدِلُوا۟ وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰ ۖ وَبِعَهْدِ ٱللَّهِ أَوْفُوا۟ ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yetimning moliga to voyaga yetguncha yaqinlashmang. Magar yaxshi yo`l bilan bo`lsa, mayli. O`lchov va tarozini adolat ila to`liq ado eting. Biz hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif etmaymiz. Agar gapirsangiz, qarindoshingiz bo`lsa ham, adolat qiling. Allohga bergan ahdingizga vafo qiling. Bularni sizga amr qildikki, shoyad, eslasangizlar.Етимнинг молига то вояга етгунча яқинлашманг. Магар яхши йўл билан бўлса, майли. Ўлчов ва тарозини адолат ила тўлиқ адо этинг. Биз ҳеч бир жонни тоқатидан ташқари нарсага таклиф этмаймиз. Агар гапирсангиз, қариндошингиз бўлса ҳам, адолат қилинг. Аллоҳга берган аҳдингизга вафо қилинг. Буларни сизга амр қилдикки, шояд, эсласангизлар.Alauddin Mansour: Yetimning moliga to voyaga yetgunicha faqat eng chiroyli yoʻl bilan yaqinlashingiz! Oʻlchov va tarozini adolat bilan toʻla tortingiz! Biz hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaymiz. Soʻzlaganingizda (guvohlik berganingizda) garchi qarindoshingiz boʻlsa ham adolat qilingiz! Allohga bergan ahdingizga vafo qilingiz! Shoyad eslatma (nasihat) olursiz, deb sizlarni mana shu narsaga buyurdi.Етимнинг молига то вояга етгунича фақат энг чиройли йўл билан яқинлашингиз! Ўлчов ва тарозини адолат билан тўла тортингиз! Биз ҳеч бир жонни тоқатидан ташқари нарсага таклиф қилмаймиз. Сўзлаганингизда (гувоҳлик берганингизда) гарчи қариндошингиз бўлса ҳам адолат қилингиз! Аллоҳга берган аҳдингизга вафо қилингиз! Шояд эслатма (насиҳат) олурсиз, деб сизларни мана шу нарсага буюрди.
Yetimning molini yeyish ijtimoiy aloqalarni buzishdir. Yetim zaif hol boʻlgani uchun jamiyat uni himoya qilishi kerak. Yetimning molini nohaq yegan odam uning haqqiga zulm qilgan boʻladi, shu bilan birga, jamiyat haqqiga ham zulm qiladi. Chunki, molsiz qolgan yetimni endi jamiyat boqishi kerak boʻlib qoladi. Shuning uchun ham, yetimni qaramogʻiga olgan odam uning moliga yaqinlashishi mumkin emas. Magar yaxshi yoʻl bilan boʻlsa, oʻsha molni oʻstirish uchun, koʻpaytirib voyaga yetganda uning qoʻliga topshirish uchun yaqinlashsa, mayli.
«Oʻlchov va tarozini adolat ila toʻliq ado eting».
Bu ham ijtimoiy aloqalarni yaxshilash, birovning haqqini yemaslik yoʻlida koʻrilgan chora. Oldi-berdi vaqtida oʻlchab berilgan birovning haqqini yeyish harom. Tarozida tortiladigan narsalarni qingʻir tortib, birovning haqqini yemoq ham harom.
Imom Termiziy Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻlchov va tarozi bilan ishlaydiganlarga: «Sizlar oʻzingizdan oldingi ummatlar halokatiga sabab boʻlgan ishni olgansizlar»,–deganlar.
Bu ishda juda ham adolatli boʻlish zarurligi, boshqa oyati karimalar va hadisi shariflarda ham taʼkidlangan.
«Biz hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif etmaymiz».
Aqiyda bobida, ibodat va muomala bobida ham qoida–shu. Oʻlchov va tarozida adolatli boʻlish hech kimga hech qanday ogʻirlik tugʻdirmaydi.
«Agar gapirsangiz, qarindoshingiz boʻlsa ham, adolat qiling».
Moʻmin-musulmon odam doimo Allohning amriga muvofiq ish olib boishi zarur. Bu esa, uning doimo adolat ila gapirishi lozimligini taqozo qiladi. Shuning uchun, haqiqiy musulmon insoniy zaiflikka borib, qarindoshlariga nohaq yon bosishga imkon bermaydi. Adolat Allohning amri boʻlib, barcha uning oldida barobar. Bir hukmda qarindoshga bir xil, boshqaga oʻzgacha muomala qilish mumkin emas. Bunday holni faqat musulmonlargina hayotga tadbiq qilganlar, xolos. Boshqalar adolat haqida har qancha safsata sotsalar ham, nari borganda, nisbiy adolat, yaʼni, oʻz yaqinlari va oʻz toifasiga nisbatangina adolatli boʻla oladi.
«Allohga bergan ahdingizga vafo qiling».
Allohga bergan ahdda ushbu oyatlarda zikr qilinayotgan hodisalar, jumladan, qarindoshga boʻlsa-da adolat qilish, oʻlchov va tarozini adolat bilan ado etish, nohaq odam oʻldirmaslik, Allohga shirk keltirmaslik va boshqalar bor.
«Bularni sizga amr qildikki, shoyad, eslasangizlar».
Yaʼni, gʻofil boʻlmasdan, har bir narsani eslab, qilar amallaringizni Alloh amriga muvofiq olib borsangiz.