۞ قُلْ تَعَالَوْا۟ أَتْلُ مَا حَرَّمَ رَبُّكُمْ عَلَيْكُمْ ۖ أَلَّا تُشْرِكُوا۟ بِهِۦ شَيْـًٔا ۖ وَبِٱلْوَٰلِدَيْنِ إِحْسَـٰنًا ۖ وَلَا تَقْتُلُوٓا۟ أَوْلَـٰدَكُم مِّنْ إِمْلَـٰقٍ ۖ نَّحْنُ نَرْزُقُكُمْ وَإِيَّاهُمْ ۖ وَلَا تَقْرَبُوا۟ ٱلْفَوَٰحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ ۖ وَلَا تَقْتُلُوا۟ ٱلنَّفْسَ ٱلَّتِى حَرَّمَ ٱللَّهُ إِلَّا بِٱلْحَقِّ ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Keling, Robbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni tilovat qilib beraman: «Unga hech narsani shirk keltirmang! Ota-onangizga yaxshilik qiling! Ochlikdan qo`rqib, bolalaringizni o`ldirmang. Biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz. Fahsh — buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmang. Alloh harom qilgan jonni o`ldirmang. Magar haq ila bo`lsa, mayli». «Ushbularni sizga amr qildikki, shoyad, aql yuritsangiz», – deb ayt.Келинг, Роббингиз сизларга ҳаром қилган нарсаларни тиловат қилиб бераман: «Унга ҳеч нарсани ширк келтирманг! Ота-онангизга яхшилик қилинг! Очликдан қўрқиб, болаларингизни ўлдирманг. Биз сизларни ҳам, уларни ҳам ризқлантирурмиз. Фаҳш — бузуқ ишларнинг ошкорасига ҳам, махфийсига ҳам яқинлашманг. Аллоҳ ҳаром қилган жонни ўлдирманг. Магар ҳақ ила бўлса, майли». «Ушбуларни сизга амр қилдикки, шояд, ақл юритсангиз», – деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Kelinglar, Parvardigoringiz sizlarga harom qilgan narsalarni tilovat qilib beray. U zotga biron narsani sherik qilmangiz; ota-onaga yaxshilik qilingiz; bolalaringizni kambagʻallikdan (qoʻrqib) oʻldirmangiz, — sizlarni ham, ularni ham Biz rizqlantirurmiz — buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmangiz; Alloh (oʻldirishni) harom qilgan jonlarni oʻldirmangiz, magar haq bilan (yaʼni, qasos olish uchun yo murtad boʻlgani, yoki zino qilgani uchun shariat hukmi bilan oʻldirishingiz mumkin). Shoyad aql yurgizarsiz, deb sizlarni mana shu narsalarga buyurdi».Айтинг: «Келинглар, Парвардигорингиз сизларга ҳаром қилган нарсаларни тиловат қилиб берай. У зотга бирон нарсани шерик қилмангиз; ота-онага яхшилик қилингиз; болаларингизни камбағалликдан (қўрқиб) ўлдирмангиз, — сизларни ҳам, уларни ҳам Биз ризқлантирурмиз — бузуқ ишларнинг ошкорасига ҳам, махфийсига ҳам яқинлашмангиз; Аллоҳ (ўлдиришни) ҳаром қилган жонларни ўлдирмангиз, магар ҳақ билан (яъни, қасос олиш учун ё муртад бўлгани, ёки зино қилгани учун шариат ҳукми билан ўлдиришингиз мумкин). Шояд ақл юргизарсиз, деб сизларни мана шу нарсаларга буюрди».
Avvalgi oyatlarda chorva hayvonlari va baʼzi ekinlarning harom qilinishi haqida gap ketgan boʻlsa ham, bu oyatda asosiy hukmga, yaʼni asosga qaytilmoqda. Hamma noqulayliklarning sarchashmasi boʻlgan shirk–Allohga shirk keltirish masalasi koʻtarilmoqda. Allohga shirk keltirish yoʻqolmas ekan, bunga oʻxshash masalalar chiqaveradi. Oyati karimaning avvalida eʼtiborni oʻziga tortib:
«Keling, Robbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni tilovat qilib beraman»,–deyilmoqda.
«Robb» soʻzini baʼzida «Parvardigor», baʼzida «Tarbiyakunanda», deb tarjima qilamiz. Bu ikki soʻz ham forscha boʻlib, «tarbiyachi» maʼnosini anglatadi. Ammo, arabcha «Robb» soʻzi tarbiyachi maʼnosidan tashqari, «boshliq», «yoʻllovchi» va «hukm chiqaruvchi» maʼnolarini ham ifoda etadi. Oyatda:
«Robbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni», deyilmoqda. Demak, kishilarga biror narsani harom qilish haqqiga ega boʻlish uchun tarbiyachi, boshliq, yoʻllovchi va hokimlik sifatlarini oʻzida jamlagan Robb–Alloh boʻlish kerak ekan. Undan boshqa hech qanday zot biror narsani harom qilish, hukm chiqarish huquqiga ega emas. Xoʻsh, oʻsha haqga ega Zot nima hukm chiqargan?
«Unga hech narsani shirk keltirmang!»
Umumiy qoida–shu. Shirk–ulkan zulm. Qolgan barcha gunohlar shundan kelib chiqadi. Shuning uchun, Alloh taolo hamma gunohlarni kechsa ham, shirkni kechirmasligini ochiq-oydin aytib qoʻygan. Alloh taologa aqiydada ham, ibodatda ham, amalda ham shirk keltirmaslik vojib. Moʻmin-musulmon odam yagona Allohning borligiga va Uning barkamol sifatlariga eʼtiqod qiladi. Ibodatni faqat unga qilib, undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq, deydi. Hamda dunyodagi hamma tasarrufini yagona Robb–Allohning koʻrsatmasiga binoan olib boradi. Ushbu umumiy qoidadan kelib chiqib, boshqa ishlar ham muvofiqlashadi.
«Ota-onangizga yaxshilik qiling!»
Allohga shirk keltirmay, Uning tavhidiga amal qilganingizdan keyingi ishingiz ota-onaga yaxshilik qilish boʻlsin. Oilaviy aloqalarni yaxshilang. Shuningdek, bolalaringizga ham yaxshilik qiling.
«Ochlikdan qoʻrqib, bolalaringizni oʻldirmang. Biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz».
Robb sifatiga ega boʻlgan zot uchun bu ish hech qanday ogʻirlik tugʻdirmaydi.
«Fahsh–buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmang».
Urfda «fahsh, fohisha ish» deganda, maʼlum gunoh–zino tushuniladigan boʻlib qolgan. Ammo, aslida har bir chegaradan chiqish– haddan oshish–fahsh hisoblanadi. Shuning uchun ham, har bir gunoh fahshdir. Moʻmin-musulmon nafaqat fahsh, buzuq ishlarni qilmasligi, balki ularning yaqiniga ham bormasligi kerak. Chunki, yaqiniga borganda, uni qilish xavfi kuchayadi.
«Alloh harom qilgan jonni oʻldirmang. Magar haq ila boʻlsa, mayli».
Avvalgi jumlada ochlikdan qoʻrqib, bolalarini oʻldirish man qilingan edi. Endi esa, har qanday jonni oʻldirmaslikka amr qilinmoqda.
«Magar haq ila boʻlsa, mayli», deb istisno qilinganlarni shariatda oʻldirishga ruxsat berilgandir. Yaʼni, qotilga–qasos uchun, murtadga–Islomdan qaytib boshqa dinga kirgani uchun, zinokorga–oilali boʻla turib, zino qilgani uchun shariat hukmi ila oʻlim jazosi beriladi. Ammo, hukmni Islom hukumati chiqaradi va ijro etadi. Kimsa oʻzicha qasos olishi va hukm chiqarib, uni ijro etishi mumkin emas.
«Ushbularni sizga amr qildikki, shoyad, aql yuritsangiz».
Aql yuritishi zaruriy boʻlganidan shunday deyilmoqda. Aql yuritgan odamgina, hamma narsani yaratgan zot, borliq olamning Robbi boʻlgan zotgina ushbu va shunga oʻxshash hukmlarni chiqarishga haqli ekanligini anglab yetadi.
Ushbu oyatda Alloh taolo bandalarga shirk keltirmasdan, oʻzi bilan, shuningdek, ota-onalari va farzandlari bilan aloqani yaxshilashlari lozimligini, hech qanday gunohga yaqinlashmasliklarini bayon qildi, kelasi oyatda yana toʻrtta muhim masalani zikr etadi: