QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят150

قُلْ هَلُمَّ شُهَدَآءَكُمُ ٱلَّذِينَ يَشْهَدُونَ أَنَّ ٱللَّهَ حَرَّمَ هَـٰذَا ۖ فَإِن شَهِدُوا۟ فَلَا تَشْهَدْ مَعَهُمْ ۚ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَآءَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا وَٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ وَهُم بِرَبِّهِمْ يَعْدِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Alloh mana shuni harom qilganiga guvohlik beradigan guvohlaringizni keltiring», – deb ayt. Bas, agar guvohlik bersalar, sen ular ila guvohlik berma. Bizning oyatlarimizni yolg`onga chiqaruvchilarning va oxiratga iymon keltirmaydiganlarning havoyi nafslariga ergashma. Ular Robbilariga shirk keltirurlar.Сен: «Аллоҳ мана шуни ҳаром қилганига гувоҳлик берадиган гувоҳларингизни келтиринг», – деб айт. Бас, агар гувоҳлик берсалар, сен улар ила гувоҳлик берма. Бизнинг оятларимизни ёлғонга чиқарувчиларнинг ва охиратга иймон келтирмайдиганларнинг ҳавойи нафсларига эргашма. Улар Роббиларига ширк келтирурлар.Alauddin Mansour: Ayting: «Alloh mana shu (mazkur narsalarni) harom qilganiga guvohlik beradigan guvohlaringizni keltiringiz!» Endi agar ular guvohlik bersalar ham, siz ular bilan guvohlik bermang (yaʼni, ularning bergan guvohliklariga ishonmang)! Va Bizniig oyatlarimizni yolgʻon deydigan, Oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning havoyi nafslariga ergashmang! Ular Parvardigorlariga (oʻzgalarni) tenglashtirurlar.Айтинг: «Аллоҳ мана шу (мазкур нарсаларни) ҳаром қилганига гувоҳлик берадиган гувоҳларингизни келтирингиз!» Энди агар улар гувоҳлик берсалар ҳам, сиз улар билан гувоҳлик берманг (яъни, уларнинг берган гувоҳликларига ишонманг)! Ва Бизнииг оятларимизни ёлғон дейдиган, Охиратга иймон келтирмайдиган кимсаларнинг ҳавойи нафсларига эргашманг! Улар Парвардигорларига (ўзгаларни) тенглаштирурлар.

148-sahifa · 8-juz · 15-hizb148-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтهَلُمَّkeltiringкелтирингشُهَدَآءَكُمُguvohlaringizniгувоҳларингизниٱلَّذِينَoʻshalarniўшаларниيَشْهَدُونَguvohlik beradiganгувоҳлик берадиганأَنَّ-ki-киٱللَّهَAllohАллоҳحَرَّمَharom qilganҳаром қилганهَـٰذَا ۖmana shuniмана шуниفَإِنbas, agarбас, агарشَهِدُوا۟guvohlik bersalarгувоҳлик берсаларفَلَاbas, emasбас, эмасتَشْهَدْguvohlik berгувоҳлик берمَعَهُمْ ۚular ilaулар илаوَلَاva emasва эмасتَتَّبِعْergashэргашأَهْوَآءَhavoi nafslarigaҳавои нафсларигаٱلَّذِينَkimsalarningкимсаларнингكَذَّبُوا۟yolgʻonga chiqarganёлғонга чиқарганبِـَٔايَـٰتِنَاBizning oyatlarimizniБизнинг оятларимизниوَٱلَّذِينَva kimsalarningва кимсаларнингلَاemasэмасيُؤْمِنُونَiymon keltiradiganиймон келтирадиганبِٱلْـَٔاخِرَةِoxiratgaохиратгаوَهُمva ularва уларبِرَبِّهِمْRobbilarigaРоббиларигаيَعْدِلُونَshirk keltirurlarширк келтирурлар
TafsirТафсир

Ushbu oyatda aqiydaviy shirk emas, balki amaliy shirk haqida soʻz bormoqda. Eʼtiqod boʻyicha, Allohning sherigi, oʻgʻil-qizi yoki xotini bor, deb ishongan odam kofiru mushrik boʻlishi muqarrar. Bu haqda sura boshidan buyon soʻz yuritilib kelmoqda. Ammo, ushbu oyatda eʼtiqod masalasi aralashtirilmay, aynan amalning oʻzi haqida soʻz boryapti. Baʼzi insonlar Islom aqiydalariga toʻliq ishonishni daʼvo qilishlari mumkin. Ammo, amalga kelganda hamma ishni Allohning shariati boʻyicha qilmasligi ham mumkin. Unda haligi odam kofiru mushrik boʻladi.

Ana oʻshandoq hukmlarni bayon etish uchun nozil qilingan ushbu oyati karimaning avvalida Alloh taolo Oʻz Paygʻambariga xitob qilib, quyidagilarni aytmoqda:

«Alloh mana shuni», yaʼni avvalgi oyatlarda mushriklar oʻzlaricha harom deb eʼlon qilgan narsalarni

«harom qilganiga guvohlik beradigan guvohlaringizni keltiring, – deb ayt».

Baʼzi narsalarni oʻzicha harom yoki halol deyish ham shirk. Unga amal qilish ham shirk. Endi esa, oʻsha mushriklarga, sizlar oʻzingizcha bu narsalarni harom deb qoʻyib, tagʻin buni Allohga nisbat bermoqdasiz, yaʼni, amal qilishga vojib boʻlgan qonun, demoqdasiz. Bu jumlada, Alloh harom qilganini tasdiqlovchi guvohlaringiz bormi, keltiring, degan maʼno bor.

«Bas, agar guvohlik bersalar, sen ular ila guvohlik berma».

Chunki, oʻzlaricha bir narsani harom deb hukm chiqarib, Allohga shirk keltirishga jurʼat etgan mushriklar, yolgʻon guvohlik berishga ham jurʼat etishlari mumkin. Bilib qoʻyki, Alloh hech qachon ular aytgan hukmni chiqarmagan.

Keyingi jumlada oʻzicha hukm chiqarib, Allohga amaliy shirk keltirayotgan odamlarga baho beriladi va ularga ergashmaslik amr qilinadi:

«Bizning oyatlarimizni yolgʻonga chiqaruvchilarning va oxiratga iymon keltirmaydiganlarning havoyi nafslariga ergashma».

Darhaqiqat, Alloh Oʻz oyatlarida bayon qilgan hukmlarga qanoat qilmay, oʻzlaricha, bu halol, u harom, unday qilish kerak, bunday qilmaslik kerak, deb hukm chiqaruvchilar Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqaruvchi boʻlmay, kim boʻladi? Oxiratga iymoni bor odam Alloh amr qilgan narsa turib, oʻzicha boshqa amal qilar edimi? Bunday odamlar oʻzlarining nomaʼqul ishlari ila Alloh bilan hukm talashayotgan, yaʼni, hokimiyatda Allohga sherik boʻlishni daʼvo qilayotgan boʻladi, ularning gapiga yurganlar esa, Allohning aytganini qoʻyib, mushrikning aytganiga amal qilgan hisoblanadilar. Shuning uchun ham, Alloh taolo ularning havoyi nafsiga ergashmaslikka amr qilmoqda. Soʻngra, ular haqidagi oxirgi hukmni ham eʼlon qilmoqda.

«Ular Robbilariga shirk keltirurlar».

Yaʼni, halol va haromni oʻzlaricha tayin qilishlari Allohga shirk keltirishlaridir.

Kelgusi oyatda Alloh Oʻzi haqiqatda harom qilgan narsalarni bayon qiladi: