QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят149

قُلْ فَلِلَّهِ ٱلْحُجَّةُ ٱلْبَـٰلِغَةُ ۖ فَلَوْ شَآءَ لَهَدَىٰكُمْ أَجْمَعِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Etuk hujjat Allohning O`zidadir. Agar xohlasa, hammangizni hidoyatga solar edi», – deb ayt.Сен: «Етук ҳужжат Аллоҳнинг Ўзидадир. Агар хоҳласа, ҳаммангизни ҳидоятга солар эди», – деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Yetuk hujjat faqat Allohning hujjatidir. Bas, agar xohlaganida barchangizni hidoyat qilgan boʻlur edi».Айтинг: «Етук ҳужжат фақат Аллоҳнинг ҳужжатидир. Бас, агар хоҳлаганида барчангизни ҳидоят қилган бўлур эди».

148-sahifa · 8-juz · 15-hizb148-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтفَلِلَّهِbas, Allohning Oʻzidadirбас, Аллоҳнинг Ўзидадирٱلْحُجَّةُhujjatҳужжатٱلْبَـٰلِغَةُ ۖyetukетукفَلَوْbas, agarбас, агарشَآءَxohlasaхоҳласаلَهَدَىٰكُمْalbatta, sizni hidoyatga solar ediалбатта, сизни ҳидоятга солар эдиأَجْمَعِينَhammangizniҳаммангизни
TafsirТафсир

Mushriklarning agar Alloh xohlasa, shirk keltirmas edik, degan gaplarini tasdiqlovchi hech qanday dalil-hujjatlari yoʻq ekani ayon boʻldi. Ammo, ularga qarshi va Alloh taoloning haq ekanligi haqidagi

«Yetuk hujjat Allohning Oʻzidadir».

Bu, ochiq-oydin hujjat va dalillardir.

«Agar xohlasa, hammangizni hidoyatga solar edi».

Alloh, shubhasiz, bunga qodir. Misol uchun, farishtalarni shunday qilib yaratdi. Ular doimo itoatkor, isyonsiz tabiat sohibi qilib yaratildilar. Lekin odamlarni xohlasa ham, xohlamasa ham, hidoyatga yuradigan qilib yaratishdan nima foyda bor? Alloh taolo odamlarga hidoyat va zalolat yoʻlini koʻrsatib qoʻydi, aql-idrok berdi va xohlagan yoʻlini tanlash ixtiyorini berdi. Ana oʻsha ixtiyorga qarab har bir inson jazo yoki mukofot oladi. Mushrik va kofirlar ana oʻsha yomon–zalolat yoʻlini tanlaganlardir. Ular oʻsha ixtiyorlari uchun jazolarini oladilar.

Keyingi oyatda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga amr qilib, mushriklarni shariat hukmlarini chiqarish kimning haqqi ekanligiga guvoh keltirishga chaqirishni oʻrgatadi: