سَيَقُولُ ٱلَّذِينَ أَشْرَكُوا۟ لَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَآ أَشْرَكْنَا وَلَآ ءَابَآؤُنَا وَلَا حَرَّمْنَا مِن شَىْءٍ ۚ كَذَٰلِكَ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ حَتَّىٰ ذَاقُوا۟ بَأْسَنَا ۗ قُلْ هَلْ عِندَكُم مِّنْ عِلْمٍ فَتُخْرِجُوهُ لَنَآ ۖ إِن تَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَإِنْ أَنتُمْ إِلَّا تَخْرُصُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Hali shirk keltirganlar: «Agar Alloh xohlaganda, biz ham, ota-bobolarimiz ham shirk keltirmas edik va biror narsani harom qilmas edik», – derlar. Ulardan oldingilari ham azobimizni tatigunlariga qadar shunga o`xshash yolg`onga chiqarib turganlar. «Sizning huzuringizda bizga chiqarib ko`rsatadigan biron ilm — hujjat bormi? Sizlar faqat gumonga ergashmoqdasiz va sizlar faqat yolg`on gapirmoqdasizlar», – deb ayt.Ҳали ширк келтирганлар: «Агар Аллоҳ хоҳлаганда, биз ҳам, ота-боболаримиз ҳам ширк келтирмас эдик ва бирор нарсани ҳаром қилмас эдик», – дерлар. Улардан олдингилари ҳам азобимизни татигунларига қадар шунга ўхшаш ёлғонга чиқариб турганлар. «Сизнинг ҳузурингизда бизга чиқариб кўрсатадиган бирон илм — ҳужжат борми? Сизлар фақат гумонга эргашмоқдасиз ва сизлар фақат ёлғон гапирмоқдасизлар», – деб айт.Alauddin Mansour: Hali mushrik boʻlgan kimsalar: «Agar Alloh xohlaganida biz ham, ota-bobolarimiz ham na mushrik boʻlgan va na biron narsani harom qilib olgan boʻlur edik», dedilar. Ulardan avvalgilari ham to azobimizni totgunlaricha (oʻz paygʻambarlarini) mana shunday yolgʻonchi qilganlar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Huzuringizda bizga koʻrsatadigan (aytayotgan soʻzlaringizni tasdiqlovchi) biron hujjatingiz bormi? Sizlar faqat gumonga ergashmoqdasiz, sizlar faqat yolgʻon soʻzlamoqdasiz!»Ҳали мушрик бўлган кимсалар: «Агар Аллоҳ хоҳлаганида биз ҳам, ота-боболаримиз ҳам на мушрик бўлган ва на бирон нарсани ҳаром қилиб олган бўлур эдик», дедилар. Улардан аввалгилари ҳам то азобимизни тотгунларича (ўз пайғамбарларини) мана шундай ёлғончи қилганлар. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Ҳузурингизда бизга кўрсатадиган (айтаётган сўзларингизни тасдиқловчи) бирон ҳужжатингиз борми? Сизлар фақат гумонга эргашмоқдасиз, сизлар фақат ёлғон сўзламоқдасиз!»
Bu oyati karimada Alloh taolo haqiqiy ilmiy tortishuv, bahs davomida yengilib qolgan mushrik va kofirlar eng soʻngida aytadigan gaplarni keltirmoqda:
«Hali shirk keltirganlar: «Agar Alloh xohlaganda, biz ham, ota-bobolarimiz ham shirk keltirmas edik va biror narsani harom qilmas edik», – derlar».
Xoʻsh, ularning bu gaplari yangi gapmi? Yoʻq, eski, siyqasi chiqqan gap. Mantiqsiz gap.
«Ulardan oldingilari ham azobimizni tatigunlariga qadar shunga oʻxshash yolgʻonga chiqarib turganlar».
Shuningdek, ulardan keyingilari ham shunday qiladilar. Ular hech bir ishni Allohning xohishidan tashqarida qilmagan emishlar. Yaʼni, agar Alloh xohlaganida, shirk keltirmas, kofir boʻlmas, gunoh qilmas ekanlar. Shu bilan oʻzlarini oqlamoqchi boʻladilar.
Xoʻsh, ularning bu gapiga nima deyish kerak? Ularga ushbu gaplariga yarasha quyidagi, Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga oʻrgatgan savolni berish kerak:
«Sizning huzuringizda bizga chiqarib koʻrsatadigan biron ilmhujjat bormi?»
Yaʼni, Alloh sizlarning shirk keltirishingizni, baʼzi narsalarni harom deb eʼlon qilishingizni xohlaganini isbot qiladigan hujjatingiz bormi? Alloh Oʻz bandalaridan nimani xohlasa, ochiq-oydin aytib qoʻygan. Bandalar iymon keltirishlarini xohlagani uchun, iymon keltiringlar, degan. Kofir, mushrik boʻlishlarini xohlamagani uchun, kufr keltirmanglar, mushrik boʻlmanglar, deb qatʼiy hukm etgan. Shuningdek, bandalari nimani qilishini xohlasa, amr qilgan, nimalarni qilmasligini xohlasa, nahiy qilib qaytarib qoʻygan. Allohning xohishi hammasi ochiq-oydin, ilmiy sobit narsalardir. Allohning xohishi ichida, shirk keltiring, baʼzi narsalarni oʻzingizcha harom qiling, degan xohish yoʻq. Yoki, mening gʻoyib, hech kim bilmaydigan xohishlarimni izlab topib, oʻshanga amal qiling, degani ham yoʻq. Ammo:
«Sizlar faqat gumonga ergashmoqdasiz va sizlar faqat yolgʻon gapirmoqdasizlar», – deb ayt».