فَإِن كَذَّبُوكَ فَقُل رَّبُّكُمْ ذُو رَحْمَةٍ وَٰسِعَةٍ وَلَا يُرَدُّ بَأْسُهُۥ عَنِ ٱلْقَوْمِ ٱلْمُجْرِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar seni yolg`onchiga chiqarsalar: «Robbingiz keng rahmat sohibidir, ammo Uning azobi jinoyatchi qavmlardan qaytarilmas», – deb ayt.Агар сени ёлғончига чиқарсалар: «Роббингиз кенг раҳмат соҳибидир, аммо Унинг азоби жиноятчи қавмлардан қайтарилмас», – деб айт.Alauddin Mansour: Endi agar sizni yolgʻonchi qilsalar, ayting: «Parvardigoringiz cheksiz mehribondir, ammo Uning azobi biron jinoyatchi qavmdan qaytarilmas».Энди агар сизни ёлғончи қилсалар, айтинг: «Парвардигорингиз чексиз меҳрибондир, аммо Унинг азоби бирон жиноятчи қавмдан қайтарилмас».
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hammaga Alloh taolodan kelgan vahiyni yetkazadilar. Agar kimlardir u zotni yolgʻonchiga chiqarsa, ularga:
«Robbingiz keng rahmat sohibidir, ammo Uning azobi jinoyatchi qavmlardan qaytarilmas», yaʼni, Uning dargohi kengdir, Uning rahmati yaxshiga ham, yomonga ham barobar, sizni kufr keltirganingizga qaramay, azoblashga shoshilmaydi, ammo azobi muqarrar, azobi kelganida, uni hech kim qaytara olmaydi, degan gaplarni aytadilar.
Uzoq davom etgan tortishuv oqibatida, aqlli gap topa olmay qolgan mushriklar oʻzlarini qanday tutishlari kelasi oyatda bayon qilinadi: