QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят146

وَعَلَى ٱلَّذِينَ هَادُوا۟ حَرَّمْنَا كُلَّ ذِى ظُفُرٍ ۖ وَمِنَ ٱلْبَقَرِ وَٱلْغَنَمِ حَرَّمْنَا عَلَيْهِمْ شُحُومَهُمَآ إِلَّا مَا حَمَلَتْ ظُهُورُهُمَآ أَوِ ٱلْحَوَايَآ أَوْ مَا ٱخْتَلَطَ بِعَظْمٍ ۚ ذَٰلِكَ جَزَيْنَـٰهُم بِبَغْيِهِمْ ۖ وَإِنَّا لَصَـٰدِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va yahudiy bo`lganlarga barcha (butun) tuyoqlilarni harom qildik. Mol va qo`ydan esa, ularga yog`larini harom qildik. Magar orqa va ichaklaridagi yoki suyakka aralashgan yog`lari (haloldir). Bu, zulmlari uchun ularga bergan jazoimizdir. Albatta, Biz rostgo`ymiz.Ва яҳудий бўлганларга барча (бутун) туёқлиларни ҳаром қилдик. Мол ва қўйдан эса, уларга ёғларини ҳаром қилдик. Магар орқа ва ичакларидаги ёки суякка аралашган ёғлари (ҳалолдир). Бу, зулмлари учун уларга берган жазоимиздир. Албатта, Биз ростгўймиз.Alauddin Mansour: Yahudiy boʻlgan kimsalarga barcha tuyoqlilarni harom qildik. Mol-qoʻydan ular uchun yogʻlarni harom qildik. Magar biqinlaridagi yo ichlaridagi, yoki suyakka aralashgan yogʻlargina (harom emasdir). Zolimliklari sababli ularni shunday jazoladik. Albatta, Biz rost soʻzlaguvchimiz.Яҳудий бўлган кимсаларга барча туёқлиларни ҳаром қилдик. Мол-қўйдан улар учун ёғларни ҳаром қилдик. Магар биқинларидаги ё ичларидаги, ёки суякка аралашган ёғларгина (ҳаром эмасдир). Золимликлари сабабли уларни шундай жазоладик. Албатта, Биз рост сўзлагувчимиз.

147-sahifa · 8-juz · 15-hizb147-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَعَلَىva -gaва -гаٱلَّذِينَkimsalarкимсаларهَادُوا۟yahudiy boʻlganяҳудий бўлганحَرَّمْنَاharom qildikҳаром қилдикكُلَّbarchasiniбарчасиниذِىsohibiсоҳибиظُفُرٍۢ ۖ(butun) tuyoq(бутун) туёқوَمِنَva -danва -данٱلْبَقَرِmolмолوَٱلْغَنَمِva qoʻyва қўйحَرَّمْنَاharom qildikҳаром қилдикعَلَيْهِمْulargaуларгаشُحُومَهُمَآikkisining yogʻlariniиккисининг ёғлариниإِلَّاmagarмагарمَاnarsaнарсаحَمَلَتْkoʻtarganкўтарганظُهُورُهُمَآularning orqalariуларнинг орқалариأَوِyokiёкиٱلْحَوَايَآichaklariичаклариأَوْyokiёкиمَاnarsaнарсаٱخْتَلَطَaralashganаралашганبِعَظْمٍۢ ۚsuyakkaсуяккаذَٰلِكَbuбуجَزَيْنَـٰهُمularga bergan jazoimizdirуларга берган жазоимиздирبِبَغْيِهِمْ ۖzulmlari uchunзулмлари учунوَإِنَّاva albatta, Bizва албатта, Бизلَصَـٰدِقُونَrostgoʻymizростгўймиз
TafsirТафсир

Demak, bu oyatda zikr qilingan narsalar faqat yahudiylarga xos boʻlib, ular qilgan zulm evaziga Alloh taolo tomonidan jazo boʻlib keldi. Boshqa qavmlarga esa halol.

Oyatda biz «(butun) tuyoqli» deb tarjima qilganimiz soʻz, tuyogʻi ikkiga yoki koʻpga boʻlinmagan hayvonlar, degan maʼnodadir. Bunday hayvonlar tuya, tuyaqush, oʻrdak va shunga oʻxshash oyogʻidagi tuyogʻi butun (bitta) boʻlgan hayvonlardir.

«Va yahudiy boʻlganlarga barcha (butun) tuyoqlilarni harom qildik».

Ana shunday hayvonlarni Alloh taolo yahudiylarga harom qilgan. Shuningdek,

«Mol va qoʻydan esa, ularga yogʻlarini harom qildik. Magar orqa va ichaklaridagi yoki suyakka aralashgan yogʻlari (haloldir)».

Alloh taolo yahudiylarga mol va qoʻylarning oyatda istisno qilinganidan boshqa yogʻlarini ham harom qilgan.

Bu, zulmlari uchun ularga bergan jazoimizdir. Albatta, Biz rostgoʻymiz.

Demak, bandalar tomonidan sodir etilgan zulm ularning rizqi Alloh taolo tomonidan toraytirilishiga sabab boʻlishi ham mumkin ekan.

Kelasi oyati karimada Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qilinayotgan xitob yana davom etadi.