قُل لَّآ أَجِدُ فِى مَآ أُوحِىَ إِلَىَّ مُحَرَّمًا عَلَىٰ طَاعِمٍ يَطْعَمُهُۥٓ إِلَّآ أَن يَكُونَ مَيْتَةً أَوْ دَمًا مَّسْفُوحًا أَوْ لَحْمَ خِنزِيرٍ فَإِنَّهُۥ رِجْسٌ أَوْ فِسْقًا أُهِلَّ لِغَيْرِ ٱللَّهِ بِهِۦ ۚ فَمَنِ ٱضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلَا عَادٍ فَإِنَّ رَبَّكَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Menga vahiy qilingan narsada taomlanuvchi uchun harom qilingan narsani topmayapman. Magar o`limtik yoki oqizilgan qon yoki to`ng`iz go`shti bo`lsa, albatta, u iflos, haromdir. Yoxud fosiqlik ila Allohdan o`zganing nomiga so`yilgan bo`lsa (haromdir). Bas, kishi muztar bo`lib, maza talab qiluvchi va tajovuzkor bo`lmagan holida (iste'mol qilsa), albatta, Robbing mag`firat qilguvchi va rahimli Zotdir», – deb ayt.«Менга ваҳий қилинган нарсада таомланувчи учун ҳаром қилинган нарсани топмаяпман. Магар ўлимтик ёки оқизилган қон ёки тўнғиз гўшти бўлса, албатта, у ифлос, ҳаромдир. Ёхуд фосиқлик ила Аллоҳдан ўзганинг номига сўйилган бўлса (ҳаромдир). Бас, киши музтар бўлиб, маза талаб қилувчи ва тажовузкор бўлмаган ҳолида (истеъмол қилса), албатта, Роббинг мағфират қилгувчи ва раҳимли Зотдир», – деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Menga vahiy qilingan Qurʼonda yeydigan kishi uchun harom qilingan narsani koʻrmayapman. Magar oʻlaksa yo toʻqilgan qon, yoki toʻngʻiz goʻshti boʻlsa — chunki u haromdir, yoxud Allohdan oʻzga uchun atalgan fosiqlik boʻlsa (haromdir). Bas, kim zolim va tajovuzkor boʻlmagan holda muztar boʻlib qolsa (masalan, ochlikdan oʻlmaslik uchun, u narsalardan yeyish bilan gunohkor boʻlmas, zero) Parvardigoringiz magʻfiratli, mehribondir».Айтинг: «Менга ваҳий қилинган Қуръонда ейдиган киши учун ҳаром қилинган нарсани кўрмаяпман. Магар ўлакса ё тўқилган қон, ёки тўнғиз гўшти бўлса — чунки у ҳаромдир, ёхуд Аллоҳдан ўзга учун аталган фосиқлик бўлса (ҳаромдир). Бас, ким золим ва тажовузкор бўлмаган ҳолда музтар бўлиб қолса (масалан, очликдан ўлмаслик учун, у нарсалардан ейиш билан гуноҳкор бўлмас, зеро) Парвардигорингиз мағфиратли, меҳрибондир».
Yana Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob boʻlmoqda. Alloh taolo Oʻzi yaratgan ekinlar va chorvalarni harom qilishga jurʼat qilganlarga ushbu haqiqatlarni aytishni u zot sollallohu alayhi vasallamga topshirmoqda:
«Menga vahiy qilingan narsada taomlanuvchi uchun harom qilingan narsani topmayapman».
Yaʼni, siz harom deb atagan narsalarning birortasini ham Alloh harom qilgani yoʻq. Bu narsalarni siz oʻzingizcha harom deb yuribsiz. Alloh taolo menga vahiy yuborib, nima halol, nima harom ekanini bayon qildi. Menga vahiy orqali qilingan ilohiy bayonda isteʼmolchi uchun harom qilingan narsa yoʻq.
«Magar oʻlimtik yoki oqizilgan qon yoki toʻngʻiz goʻshti boʻlsa, albatta, u iflos, haromdir».
Bu narsalar boshqa oyatlarda ham batafsil bayon qilingan. Oʻzi oʻlib qolgan hayvonning goʻshti katta zarar boʻlgani uchun Alloh taolo uni harom qilgan.
Shuningdek, har qanday hayvondan oqizilgan qon ham zararli boʻlib, haromdir.
Toʻngʻiz goʻshti ham shu maʼnoda harom qilingan.
«Yoxud fosiqlik ila Allohdan oʻzganing nomiga soʻyilgan boʻlsa (haromdir)».
Yaʼni, hayvon Allohdan oʻzganing nomi bilan soʻyilsa, fosiqlik–din chegarasidan chiqish boʻladi, soʻyilgan goʻsht harom hisoblanadi. Shunday qilib, harom aniq boʻldi. Allohning amriga yuraman, degan banda mazkur narsalarni zinhor-bazinhor isteʼmol qilmasligi kerak. Ammo, baʼzi holatlarda istisno tariqasida ijozat beriladi:
«Bas, kishi muztar boʻlib, maza talab qiluvchi va tajovuzkor boʻlmagan holida (isteʼmol qilsa). Albatta, Robbing magʻfirat qiluvchi va rahimli zotdir».
Oyati karimada qayd qilingan hollarga tushib qolib, harom narsalarni yegan kishilarni Alloh kechiradi. Faqat mazkur holda lazzatlanish uchun isteʼmol qilinmasligi kerak. Oʻlimdan saqlab qoladigan darajadan ziyod ham boʻlmasligi kerak.
Keyingi oyatda Alloh taolo yahudiylarga harom qilgan narsalar haqida xabar keladi: