QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят144

وَمِنَ ٱلْإِبِلِ ٱثْنَيْنِ وَمِنَ ٱلْبَقَرِ ٱثْنَيْنِ ۗ قُلْ ءَآلذَّكَرَيْنِ حَرَّمَ أَمِ ٱلْأُنثَيَيْنِ أَمَّا ٱشْتَمَلَتْ عَلَيْهِ أَرْحَامُ ٱلْأُنثَيَيْنِ ۖ أَمْ كُنتُمْ شُهَدَآءَ إِذْ وَصَّىٰكُمُ ٱللَّهُ بِهَـٰذَا ۚ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا لِّيُضِلَّ ٱلنَّاسَ بِغَيْرِ عِلْمٍ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Tuyadan ikkitani, qoramoldan ikkini (paydo qildi). «Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urg`ochisinimi yoxud ikkala urg`ochining bachadonlarida shomil bo`lgan narsanimi?! Yoki Alloh sizlarga buni amr qilganda shohid bo`lib turganmidingiz? Ilmsiz holda odamlarni adashtirish uchun Allohga nisbatan yolg`on to`qigandan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas».Туядан иккитани, қорамолдан иккини (пайдо қилди). «Иккала эркагини ҳаром қилдими ёки иккала урғочисиними ёхуд иккала урғочининг бачадонларида шомил бўлган нарсаними?! Ёки Аллоҳ сизларга буни амр қилганда шоҳид бўлиб турганмидингиз? Илмсиз ҳолда одамларни адаштириш учун Аллоҳга нисбатан ёлғон тўқигандан ҳам золимроқ одам борми?! Албатта, Аллоҳ золим қавмларни ҳидоят қилмас».Alauddin Mansour: Tuyadan ikkini, qora moldan ikkini (yaratdi). Ayting: «Ikkala erkagini harom qilganmi yo ikkala urgʻochisinimi, yoki ikkala urgʻochining qorinlarida boʻlgan homilanimi?! Yoki Alloh sizlarni shunga (yaʼni, harom qilishga) buyurgan paytida guvoh boʻlganmidingizlar?! Bilmagan holda odamlarni yoʻldan ozdirish uchun Alloh shaʼniga yolgʻon toʻqigan kimsadan ham zolimroq kim bor?!» Albatta, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas.Туядан иккини, қора молдан иккини (яратди). Айтинг: «Иккала эркагини ҳаром қилганми ё иккала урғочисиними, ёки иккала урғочининг қоринларида бўлган ҳомиланими?! Ёки Аллоҳ сизларни шунга (яъни, ҳаром қилишга) буюрган пайтида гувоҳ бўлганмидингизлар?! Билмаган ҳолда одамларни йўлдан оздириш учун Аллоҳ шаънига ёлғон тўқиган кимсадан ҳам золимроқ ким бор?!» Албатта, Аллоҳ золим қавмни ҳидоят қилмас.

147-sahifa · 8-juz · 15-hizb147-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمِنَva -danва -данٱلْإِبِلِtuyaтуяٱثْنَيْنِikkitaniиккитаниوَمِنَva -danва -данٱلْبَقَرِqoramolқорамолٱثْنَيْنِ ۗikkiniиккиниقُلْaytайтءَآلذَّكَرَيْنِikkala erkaginimiиккала эркагинимиحَرَّمَharom qildiҳаром қилдиأَمِyokiёкиٱلْأُنثَيَيْنِikkala urgʻochisinimiиккала урғочисинимиأَمَّاyoxud nimaikiёхуд нимаикиٱشْتَمَلَتْshomil boʻlganшомил бўлганعَلَيْهِungaунгаأَرْحَامُbachadonlariбачадонлариٱلْأُنثَيَيْنِ ۖikkala urgʻochiningиккала урғочинингأَمْyokiёкиكُنتُمْboʻlganmidingizбўлганмидингизشُهَدَآءَshohidшоҳидإِذْoʻshandaўшандаوَصَّىٰكُمُsizlarga amr qildiсизларга амр қилдиٱللَّهُAllohАллоҳبِهَـٰذَا ۚbuniбуниفَمَنْbas, kim borбас, ким борأَظْلَمُzolimroqзолимроқمِمَّنِkimsadanкимсаданٱفْتَرَىٰyolgʻon toʻqiganёлғон тўқиганعَلَىnisbatanнисбатанٱللَّهِAllohgaАллоҳгаكَذِبًۭاyolgʻonniёлғонниلِّيُضِلَّadashtirish uchunадаштириш учунٱلنَّاسَodamlarniодамларниبِغَيْرِ-siz-сизعِلْمٍ ۗilmилмإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَاemasэмасيَهْدِىhidoyat qiladiҳидоят қиладиٱلْقَوْمَqavmlarniқавмларниٱلظَّـٰلِمِينَzolimзолим
TafsirТафсир

Ey mushriklar, sizlar tuya va qoramollar haqida ham harom hukmini chiqarib, buni Allohga nisbat bergan edingiz. Haqqingiz boʻlmay turib, harom haqida hukm chiqarganingiz bir gunoh va oʻzingizcha chiqargan hukmni Allohga nisbat berishingiz yanada ulkanroq gunoh. Qani, ayting-chi, agar siz taʼkidlayotgandek, Alloh bularni harom qilgan boʻlsa:

«Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urgʻochisinimi yoxud ikkala urgʻochining bachadonlarida shomil boʻlgan narsanimi?!».

Bilmaysiz. Chunki gumon va taxmin bilan gapirib yurgansiz.

«Yoki Alloh sizlarga buni amr qilganda shohid boʻlib turganmidingiz?»

Shohid boʻlsangiz, ayting. Ayta olmaysiz. Shohid boʻlganingiz yoʻq. Siz qilgan ish taxmin, gumon boʻlib, ilmga tayanmaydi, Allohga nisbatan toʻqilgan yolgʻondir.

«Ilmsiz holda odamlarni adashtirish uchun Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigandan ham zolimroq odam bormi?!»

Yoʻq, albatta. Unday odamlar dunyodagi eng zolim odamlardir.

«Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas».

Chunki, ularning oʻzlari Alloh koʻrsatgan hidoyat yoʻliga yurmasdan, buzgʻunchilik qildilar. Alloh taoloning yakka oʻziga xos boʻlgan narsalarning halol yoki harom ekanligini aniqlab hukm chiqarish ishiga aralashdilar. Alloh taologa nisbatan yolgʻon toʻqidilar. Endi zinhor va zinhor hidoyat yoʻliga yurishlariga Alloh tomonidan koʻmak boʻlmaydi. Chunki. ularning oʻzlari oradagi hidoyat iplarini uzdilar.

Keyingi oyatda Alloh taolo Oʻzi qaror qilgan narsalarni bayon qiladi: