ثَمَـٰنِيَةَ أَزْوَٰجٍ ۖ مِّنَ ٱلضَّأْنِ ٱثْنَيْنِ وَمِنَ ٱلْمَعْزِ ٱثْنَيْنِ ۗ قُلْ ءَآلذَّكَرَيْنِ حَرَّمَ أَمِ ٱلْأُنثَيَيْنِ أَمَّا ٱشْتَمَلَتْ عَلَيْهِ أَرْحَامُ ٱلْأُنثَيَيْنِ ۖ نَبِّـُٔونِى بِعِلْمٍ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sakkiz juft (paydo qildi): qo`ydan ikkini (erkak-urg`ochi) va echkidan ikkini. «Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urg`ochisinimi yoxud ikkala urg`ochining bachadonlarida shomil bo`lgan narsanimi?! Agar rostgo`y bo`lsangizlar, ilmiy qilib xabarini beringlar-chi?» – deb ayt.Саккиз жуфт (пайдо қилди): қўйдан иккини (эркак-урғочи) ва эчкидан иккини. «Иккала эркагини ҳаром қилдими ёки иккала урғочисиними ёхуд иккала урғочининг бачадонларида шомил бўлган нарсаними?! Агар ростгўй бўлсангизлар, илмий қилиб хабарини беринглар-чи?» – деб айт.Alauddin Mansour: Sakkizta juftni (yaratdi). Qoʻydan ikkini (yaʼni, erkak va urgʻochini), echkidan ikkini (yaratdi). Oʻzlaricha harom qilib oluvchi mushriklarga ayting: «(Alloh bu hayvonlardan) ikkala erkagini harom qilganmi yo ikkala urgʻochisinimi, yoki ikkala urgʻochining bachadonlarida boʻlgan homilanimi?! Agar rostgoʻy boʻlsangizlar, biron hujjat bilan menga xabar beringlar-chi?!»Саккизта жуфтни (яратди). Қўйдан иккини (яъни, эркак ва урғочини), эчкидан иккини (яратди). Ўзларича ҳаром қилиб олувчи мушрикларга айтинг: «(Аллоҳ бу ҳайвонлардан) иккала эркагини ҳаром қилганми ё иккала урғочисиними, ёки иккала урғочининг бачадонларида бўлган ҳомиланими?! Агар ростгўй бўлсангизлар, бирон ҳужжат билан менга хабар беринглар-чи?!»
Arab tilida «al-anʼom» deb nomlangan hayvonlar turkumini biz «chorva» deb tarjima qilmoqdamiz. Aslida «al-anʼom» deb tuya, sigir, qoʻy va echkiga aytiladi. Ularni juft–bir erkak va bir urgʻochi hisob qilinsa, sakkizta boʻladi. Ana oʻsha sakkizta juft jumlasidan:
«Qoʻydan ikkini (erkak-urgʻochi) va echkidan ikkini (paydo qildi)», yaʼni, yoʻqdan bor qildi. Har bir turdan bir erkak va bir urgʻochi yaratdi. Alloh yaratgan hayvonlarni mushriklar, insu jin shaytonlari oʻzlaricha, harom qildik, deyishmoqda. Alloh ulardan:
«Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urgʻochisinimi yoxud ikkala urgʻochining bachadonlarida shomil boʻlgan narsanimi?!»–deb soʻrayapti.
Buni kim biladi? Kofirlar oʻylamay-netmay ogʻzilariga kelgan narsani gapiraveradilar. Agar es-hushlarini yigʻib, bu gaplarni oʻylab koʻrsalar, oʻzlari ham uyalib qoladilar. Avvalo, ularning bu gaplarni aytishga umuman haqlari yoʻq. Chunki, ular mazkur hayvonlarning bitta tukini ham yaratgan emaslar va yarata olmaydilar ham. Ularga hech kim bu hayvonlarni harom qilish huquqini bergan emas. Qolaversa, qilgan ishlari mantiqsiz, hech bir aqlga toʻgʻri kelmaydi, biror ilmga asoslangan emas. Shuning uchun ham, Alloh taolo oyatning oxirida Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitoban:
«Agar rostgoʻy boʻlsangizlar, ilmiy qilib xabarini beringlar-chi, deb ayt»,–demoqda.
Bunday ishlarda gumon-taxmin bilan, oʻzicha ish tutib boʻlmaydi. Balki, ilm ila, huquqi bor tarafgina hukm chiqaradi.