وَمِنَ ٱلْأَنْعَـٰمِ حَمُولَةً وَفَرْشًا ۚ كُلُوا۟ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ وَلَا تَتَّبِعُوا۟ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيْطَـٰنِ ۚ إِنَّهُۥ لَكُمْ عَدُوٌّ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va chorvalardan hammollarini va (so`ygani) yerga yotqaziladiganlarini paydo qildi. Alloh sizga rizq qilib bergan narsalardan yenglar va shaytonning izidan ergashmanglar. Albatta, u sizlarga ochiq-oydin dushmandir.Ва чорвалардан ҳаммолларини ва (сўйгани) ерга ётқазиладиганларини пайдо қилди. Аллоҳ сизга ризқ қилиб берган нарсалардан енглар ва шайтоннинг изидан эргашманглар. Албатта, у сизларга очиқ-ойдин душмандир.Alauddin Mansour: Hayvonlardan yuk tashuvchilarni va (soʻyish uchun) yotqiziladigan hayvonlarni (yaratdi). Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalardan yenglar va (oʻzingizcha halol, harom deb) shaytonning izidan ergashmanglar! Albatta, u (shayton) sizlarga ochiq dushmandir.Ҳайвонлардан юк ташувчиларни ва (сўйиш учун) ётқизиладиган ҳайвонларни (яратди). Аллоҳ сизларга ризқ қилиб берган нарсалардан енглар ва (ўзингизча ҳалол, ҳаром деб) шайтоннинг изидан эргашманглар! Албатта, у (шайтон) сизларга очиқ душмандир.
Oʻtgan oyatlarda mushriklar oʻzlaricha hech qanday haq-huquqsiz, dalil-hujjatsiz baʼzi hayvonlarni minishni, baʼzilarining goʻshtini yeyishni harom qilganlari aytilgan edi. Ammo, aslini olganda, hayvonlarni minish yoki minmaslik, goʻshtini yeyish yoki yemaslik haqidagi hukmni faqat Alloh taoloning Oʻzigina chiqaradi. Chunki, U zot:
«...chorvalardan hammollarini va (soʻygani) yerga yotqaziladiganlarini paydo qildi».
Undan boshqa hech kim na yuk koʻtaradigan va na goʻsht boʻladigan birorta hayvonni yoʻqdan bor qila olmagan va olmaydi ham. Binobarin, Allohning yolgʻiz Oʻzidan boshqa ular haqida halol yoki harom deb hukm chiqaradigan kimsa ham yoʻq, boʻlishi mumkin ham emas. Shuning uchun, U zot quyidagi amrni qildi:
«Alloh sizga rizq qilib bergan narsalardan yenglar va shaytonning izidan ergashmanglar. Albatta, u sizlarga ochiq-oydin dushmandir».
Chunki, bular Alloh yaratgan va rizq qilib bergan narsalardir. Shayton esa, hech narsani yaratmagan. Nima uchun endi, Alloh taolo yaratgan va rizq qilib bergan narsada Uning amrini qoʻyib, shaytonning aytganini qilish kerak ekan?! Holbuki, shayton ularning ochiq-oydin dushmani-ku! Nima uchun endi, oʻsha ochiq-oydin dushmanga ergashib, uning aytganini qiladilar?!
Odamlar obdan oʻylab koʻrsinlar, oʻsha shaytonlar ularga nimani harom qilmoqda oʻzi? Uning amalida, gapida bir oz boʻlsa-da mantiq bormi oʻzi? Keling, uning chorva hayvonlarini harom qilgani haqida bir tafakkur qilib koʻraylik. Aslida, Alloh chorva hayvonlaridan: