QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят141

۞ وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنشَأَ جَنَّـٰتٍ مَّعْرُوشَـٰتٍ وَغَيْرَ مَعْرُوشَـٰتٍ وَٱلنَّخْلَ وَٱلزَّرْعَ مُخْتَلِفًا أُكُلُهُۥ وَٱلزَّيْتُونَ وَٱلرُّمَّانَ مُتَشَـٰبِهًا وَغَيْرَ مُتَشَـٰبِهٍ ۚ كُلُوا۟ مِن ثَمَرِهِۦٓ إِذَآ أَثْمَرَ وَءَاتُوا۟ حَقَّهُۥ يَوْمَ حَصَادِهِۦ ۖ وَلَا تُسْرِفُوٓا۟ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْمُسْرِفِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U (ishkomlarga) ko`tariladigan va ko`tarilmaydigan bog`larni, xurmo va ekinlarni yemagini xilma-xil qilib, zaytun va anorlarni bir-biriga o`xshatib va o`xshatmay paydo qilgan Zotdir. Mevalagan paytida uning mevasidan yenglar va yig`im-terim kunida haqqini beringlar. Va isrof qilmanglar. Albatta, U isrof qilguvchilarni sevmas.У (ишкомларга) кўтариладиган ва кўтарилмайдиган боғларни, хурмо ва экинларни емагини хилма-хил қилиб, зайтун ва анорларни бир-бирига ўхшатиб ва ўхшатмай пайдо қилган Зотдир. Мевалаган пайтида унинг мевасидан енглар ва йиғим-терим кунида ҳаққини беринглар. Ва исроф қилманглар. Албатта, У исроф қилгувчиларни севмас.Alauddin Mansour: U (Alloh soʻritoklarga) koʻtariluvchi va koʻtarilmaydigan bogʻlarni, xurmozorlar va mevalarni, xilma-xil boʻlgan ekinlarni, (barglari) bir-biriga oʻxshagan va (mevalari esa) oʻxshamagan zaytun va anorlarni yaratgan Zotdir. Mevalaganda mevasidan yenglar, oʻrim-terim kunida (bechora-miskinlarga) haqqini beringlar va isrof qilmanglar! Albatta, U isrof qiluvchilarni sevmas.У (Аллоҳ сўритокларга) кўтарилувчи ва кўтарилмайдиган боғларни, хурмозорлар ва меваларни, хилма-хил бўлган экинларни, (барглари) бир-бирига ўхшаган ва (мевалари эса) ўхшамаган зайтун ва анорларни яратган Зотдир. Мевалаганда мевасидан енглар, ўрим-терим кунида (бечора-мискинларга) ҳаққини беринглар ва исроф қилманглар! Албатта, У исроф қилувчиларни севмас.

146-sahifa · 8-juz · 15-hizb146-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَهُوَva Uва Уٱلَّذِىٓoʻsha zotdirkiўша зотдиркиأَنشَأَpaydo qilganпайдо қилганجَنَّـٰتٍۢbogʻlarniбоғларниمَّعْرُوشَـٰتٍۢ(ishkomlarga) koʻtariladigan(ишкомларга) кўтариладиганوَغَيْرَva boshqaва бошқаمَعْرُوشَـٰتٍۢkoʻtarilmaydiganкўтарилмайдиганوَٱلنَّخْلَva xurmoniва хурмониوَٱلزَّرْعَva ekinlarniва экинларниمُخْتَلِفًاxilma-xilхилма-хилأُكُلُهُۥuning yemagiунинг емагиوَٱلزَّيْتُونَva zaytunniва зайтунниوَٱلرُّمَّانَva anorniва анорниمُتَشَـٰبِهًۭاbir-biriga oʻxshashбир-бирига ўхшашوَغَيْرَva boshqaва бошқаمُتَشَـٰبِهٍۢ ۚoʻxshamaganўхшамаганكُلُوا۟yenglarенгларمِن-dan-данثَمَرِهِۦٓuning mevasiунинг мевасиإِذَآqachonkiқачонкиأَثْمَرَmevalagan paytidaмевалаган пайтидаوَءَاتُوا۟va beringlarва берингларحَقَّهُۥhaqqiniҳаққиниيَوْمَkuniкуниحَصَادِهِۦ ۖyigʻim-terimiйиғим-теримиوَلَاva emasва эмасتُسْرِفُوٓا۟ ۚisrof qilinglarисроф қилингларإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, Уلَاemasэмасيُحِبُّsevadiсевадиٱلْمُسْرِفِينَisrof qilguvchilarniисроф қилгувчиларни
TafsirТафсир

Oʻtgan oyatlarda taʼkidlanganidek, mushriklar ekinlardan baʼzilarini harom deb, oʻzlaricha hukm chiqardilar. Xoʻsh, aslida ularning bunday hukm chiqarishga huquqi bormi? Odatda, biror narsani boshqa bir kishiga berish yoki bermaslik, man qilish yoki izn berish uchun oʻsha narsaga maʼnan sohib boʻlish yoki asl egasidan vakil qilingan boʻlishi kerak. Ayrim ekinlarni harom deb hukm chiqarayotgan mushriklar ularni yoʻqdan bor qilishga qurbilari yetmasligi u yoqda tursin, harom qilishga ham haqlari yoʻq. Alloh ularga harom qilishga izn bermagan. Mazkur ekinlarni yoʻqdan bor qilgan zot yagona Allohdir.

«U (ishkomlarga) koʻtariladigan va koʻtarilmaydigan bogʻlarni», paydo qilgan zotdir.

Oyati karimada zikr qilingan «(ishkomlarga) koʻtariladigan bogʻlardan» murod uzumga oʻxshash, koʻtarib parvarish qilinadigan mevalardir. Koʻtarilmaydigani boshqa neʼmatlardir. Bularning hammasini yaratgan–yoʻqdan bor qilgan zot Alloh taoloning Oʻzi. Allohdan boshqa hech qanday zot biror bargni ham yoʻqdan bor qila olmaydi. Kezi kelganda aytib oʻtish kerakki, turli gullarni changlatish yoki mevalar novdasini payvand qilish «yaratish» emas. Aslida, bor narsani Alloh bergan aql, qoʻl va boshqa vositalarni ishlatib qilingan harakat, xolos. U ham Alloh istasa, samara beradi, boʻlmasa, yoʻq.

«...xurmo va ekinlarni yemagini xilma-xil qilib», yoʻqdan bor etgan zot ham Alloh taoloning Oʻzi. Undan boshqa hech bir zot navini xilma-xil qilish u yoqda tursin, bir dona xurmo, birorta ekin donini yoki mahsulotini ham paydo qila olmagan va olmaydi ham. Xoʻsh, yana qanday huquq asosida Alloh yaratib qoʻygan ziroatlarni–ekin va mevalarni halol-harom deb hukm chiqarishga jurʼat qiladilar?! Ularga bu huquqni kim berdi? Xurmo navlarining xilma-xilligi Allohning biru borligiga va rizq beruvchi yagona zot ekaniga, binobarin, halolni halolga, haromni haromga ajrim qilish faqat uning haqqi ekanligiga dalil emasmi? Shuningdek, ekinlar navlarining xilma-xilligi ham Allohning biru borligiga, Uning yagona rizq beruvchi zotligiga va, binobarin, narsalarning halol yoki harom ekani haqida hukm chiqarish haqqiga ega boʻlgan yagona zot ekaniga dalolat emasmi? Shuningdek, Alloh taolo:

«...zaytun va anorlarni bir-biriga oʻxshatib va oʻxshatmay paydo qilgan Zotdir».

Mazkur mevalarning daraxtlari, shox va barglari bir-biroviga oʻxshasa ham, mevalari bir-biriga oʻxshamaydi. Zaytun daraxti bir-biriga juda oʻxshaydi, ular orasidagi farqni mulohaza qilish qiyin. Ammo zaytun mevalarining taʼmi umuman bir-biridan farq qiladi. Shuningdek, turli navli anor daraxtlarining shox va barglari bir-biriga juda ham oʻxshash. Ammo, mevalariga kelsak, biri chuchuk, biri nordon, boshqasi yirik donli, uchinchisi kichik donli va hokazo. Ularni bunday shaklda yaratgan kim? Oʻzlaricha halol- harom deb hukm chiqaryotgan mushriklarmi yo boshqa birovmi? Yoʻq, ularning jumlasini dunyodagi barcha narsalarni yoʻqdan bor qilgan Alloh taoloning yolgʻiz Oʻzi yaratgandir. Binobarin, ularni halol yoki harom qilish haqqi ham yagona U zotgagina xos.

Shu bois ham, U zot quyidagi amrni qilishga toʻla haqlidir:

«Mevalagan paytida uning mevasidan yenglar va yigʻim-terim kunida haqqini beringlar».

Mushriklarning, insu jin shaytonlarining hukmiga quloq solmang, ushbu mevalarni yoʻqdan bor qilgan Zot sizga demoqdaki, mevalar hosilga kirgan kun uning hosilidan tanovul qilinglar. U siz uchun haloldir. Faqat oʻsha meva va ekinlar sizning mulkingiz boʻlsa, yigʻim-terim kuni haqqini beringlar. Ushbu meva va ziroat ekinlari yigʻim-terimidan haqqini berish, ulardan zakot chiqarish demakdir. Shundan kelib chiqib, ulamolar ushbu oyat haqida turlicha fikrlar aytganlar. Meva va ziroat ekinlaridan zakot chiqarish hukmi ushbu oyatdan olingan, desak, baʼzi ulamolar, oyat Makkada nozil boʻlgan va u paytda zakot farz boʻlmagan edi, deyishadi. Boshqalari, aynan ushbu oyat Madiynada nozil boʻlgan, deb gumon qiladilar. Bu haqdagi hamma maʼlumotlarni oʻrganib chiqqan muhaqqiq ulamolar esa, oyati karima Makkada tushgani aniq, oʻsha paytdan boshlab meva va ziroat ekinlaridan oʻz xohishiga qarab kambagʻallarga biror narsa berish vojibligiga amal qilina boshlagan, ammo ikkinchi hijriy sanada, zakot farz boʻlgandan keyin Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam meva va ekinlarning zakot miqdorini hadislari bilan bayon qilib berganlar, deyishadi. Ushbu oxirgi faraz toʻgʻri deb qabul qilingan.

Agar ekinlar sugʻorilmaydigan boʻlsa, uning oʻndan bir hissasi zakot tariqasida haqdorlarga beriladi. Bu amal ushr deyiladi. Ammo, ekinlarni oʻstirishda dehqon suv chiqarib, oʻzi qoʻshimcha mehnatlar qilgan boʻlsa, yigirmadan bir hissasini zakotga beradi. Ana shunda mazkur ekin va mevalarning haqiqiy egasi boʻlmish Alloh taoloning amrini bajo etgan boʻladi.

Allohning meva va ekinlar haqidagi yana bir amri:

«Va isrof qilmanglar. Albatta, U isrof qilguvchilarni sevmas».

Mushrik va shaytonlar aytganlaridek, harom deb, yemay yurmanglar, balki, aksincha, yenglar, ammo isrof qila koʻrmanglar, uvol boʻladi. Isrof qilmaslik umumiy maʼnoda: yigʻib-terib olishda, saqlashda, birovga berishda va nihoyat, tanovul qilishda ham. Jumladan, oʻsha narsalarni kofir va shaytonlarning gapiga kirib, harom deb, yemay yurish ham isrofga kiradi. Kim isrof qilsa, Allohning huzurida gunohkor boʻladi. Chunki:

«Albatta, u isrof qilguvchilarni sevmas».

Imom Buxoriy qilgan rivoyatda: «Yenglar, ichinglar va kiyinglar. Ammo isrof va manmanlik qilmanglar», deyilgan.