QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят165

وَهُوَ ٱلَّذِى جَعَلَكُمْ خَلَـٰٓئِفَ ٱلْأَرْضِ وَرَفَعَ بَعْضَكُمْ فَوْقَ بَعْضٍ دَرَجَـٰتٍ لِّيَبْلُوَكُمْ فِى مَآ ءَاتَىٰكُمْ ۗ إِنَّ رَبَّكَ سَرِيعُ ٱلْعِقَابِ وَإِنَّهُۥ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌۢ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U sizlarni yer yuzida xalifalar qilgan va O`zi bergan narsalarda sizni sinash uchun ba'zingizning darajasini ba'zingizdan ustun qilgan Zotdir. Albatta, Robbing iqobi tez Zotdir. Va, albatta, U mag`firat qiluvchi va rahimlidir», – deb ayt.У сизларни ер юзида халифалар қилган ва Ўзи берган нарсаларда сизни синаш учун баъзингизнинг даражасини баъзингиздан устун қилган Зотдир. Албатта, Роббинг иқоби тез Зотдир. Ва, албатта, У мағфират қилувчи ва раҳимлидир», – деб айт.Alauddin Mansour: U sizlarni Yerda xalifalar qilib qoʻygan va Oʻzi ato etgan neʼmatlar bilan sizlarni imtihon qilish uchun ayrimlaringizni ayrimlaringizdan yuqoriroq darajalarga koʻtarib qoʻygan Zotdir. Albatta, Parvardigoringiz tezda jazolaguvchidir va albatta U magʻfiratli, mehribondir.У сизларни Ерда халифалар қилиб қўйган ва Ўзи ато этган неъматлар билан сизларни имтиҳон қилиш учун айримларингизни айримларингиздан юқорироқ даражаларга кўтариб қўйган Зотдир. Албатта, Парвардигорингиз тезда жазолагувчидир ва албатта У мағфиратли, меҳрибондир.

150-sahifa · 8-juz · 15-hizb150-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَهُوَva Uва Уٱلَّذِىzotdirзотдирجَعَلَكُمْsizlarni qilganсизларни қилганخَلَـٰٓئِفَxalifalarхалифаларٱلْأَرْضِyer yuzidaер юзидаوَرَفَعَva ustun qilganва устун қилганبَعْضَكُمْbaʼzingizniбаъзингизниفَوْقَustidanустиданبَعْضٍۢbaʼzingizdanбаъзингизданدَرَجَـٰتٍۢdarajalar ilaдаражалар илаلِّيَبْلُوَكُمْsizni sinash uchunсизни синаш учунفِى-da-даمَآnarsalardaнарсалардаءَاتَىٰكُمْ ۗOʻzi sizga berganЎзи сизга берганإِنَّalbattaалбаттаرَبَّكَRobbingРоббингسَرِيعُtezтезٱلْعِقَابِiqobiиқобиوَإِنَّهُۥva albatta, Uва албатта, Уلَغَفُورٌۭmagʻfirat qiluvchiмағфират қилувчиرَّحِيمٌۢrahmlidirраҳмлидир
TafsirТафсир

Alloh taolo yer yuzida sizlarni xalifasi qilib yaratdi. Avloddanavlodga oʻtib, yer yuzini obod qilib, unda Allohning irodasi va hukmi, ibodati, iymon-Islomi sobit boʻlishi uchun harakat qilasizlar.

Alloh taolo bu dunyoda sizlarni turli darajalarda qilib qoʻyishi ham sizlarni sinash uchundir. Kim shu sinovdan yaxshi oʻta olmasa, bilsinki:

«Albatta, Robbing iqobi tez Zotdir».

Imtihondan yaxshi oʻtganlar esa, bilsinlarki:

«Va, albatta, U magʻfirat qiluvchi va rahimlidir».