QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят164

قُلْ أَغَيْرَ ٱللَّهِ أَبْغِى رَبًّا وَهُوَ رَبُّ كُلِّ شَىْءٍ ۚ وَلَا تَكْسِبُ كُلُّ نَفْسٍ إِلَّا عَلَيْهَا ۚ وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۚ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُم مَّرْجِعُكُمْ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohdan o`zgani Robbim deymi? Holbuki, U hamma narsaning Robbidir. Har bir jon yomon kasb qilsa, faqat o`ziga ziyon qilur. Hech bir jon boshqaning og`irligini ko`tarmas. So`ngra, Robbilaringizga qaytishingiz bor. Bas, U sizlarga ixtilof qilgan narsalaringizning xabarini berur.Аллоҳдан ўзгани Роббим дейми? Ҳолбуки, У ҳамма нарсанинг Роббидир. Ҳар бир жон ёмон касб қилса, фақат ўзига зиён қилур. Ҳеч бир жон бошқанинг оғирлигини кўтармас. Сўнгра, Роббиларингизга қайтишингиз бор. Бас, У сизларга ихтилоф қилган нарсаларингизнинг хабарини берур.Alauddin Mansour: Ayting: «Allohdan oʻzgani Parvardigorim deyinmi?! Axir U barcha narsaning Parvardigori-ku?! Har bir jonning qilgan gunohi faqat oʻz ziyoniga boʻlur. Hech bir koʻtarguvchi (yaʼni, gunohkor jon) oʻzga jonning yukini (yaʼni, gunohini) koʻtarmas. Keyin Parvardigoringizga qaytishingiz bor. Bas, U sizlarga ixtilof qilib oʻtgan narsalaringizning (yaʼni, Qiyomatning) xabarini berur.Айтинг: «Аллоҳдан ўзгани Парвардигорим дейинми?! Ахир У барча нарсанинг Парвардигори-ку?! Ҳар бир жоннинг қилган гуноҳи фақат ўз зиёнига бўлур. Ҳеч бир кўтаргувчи (яъни, гуноҳкор жон) ўзга жоннинг юкини (яъни, гуноҳини) кўтармас. Кейин Парвардигорингизга қайтишингиз бор. Бас, У сизларга ихтилоф қилиб ўтган нарсаларингизнинг (яъни, Қиёматнинг) хабарини берур.

150-sahifa · 8-juz · 15-hizb150-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْsen aytсен айтأَغَيْرَoʻzganimiўзганимиٱللَّهِAllohdanАллоҳданأَبْغِىizlarkanmanизларканманرَبًّۭاRobb qilibРобб қилибوَهُوَholbuki, Uҳолбуки, УرَبُّRobbidirРоббидирكُلِّhammaҳаммаشَىْءٍۢ ۚnarsaningнарсанингوَلَاva emasва эмасتَكْسِبُkasb qilmasкасб қилмасكُلُّhar birҳар бирنَفْسٍjonжонإِلَّاfaqatфақатعَلَيْهَا ۚoʻziga (ziyon)ўзига (зиён)وَلَاva emasва эмасتَزِرُkoʻtarmasкўтармасوَازِرَةٌۭhech bir koʻtaruvchiҳеч бир кўтарувчиوِزْرَogʻirliginiоғирлигиниأُخْرَىٰ ۚboshqaningбошқанингثُمَّsoʻngraсўнграإِلَىٰ-ga-гаرَبِّكُمRobbilaringizgaРоббиларингизгаمَّرْجِعُكُمْqaytishingiz borқайтишингиз борفَيُنَبِّئُكُمbas, sizga xabarini berurбас, сизга хабарини берурبِمَاnarsalar haqidaнарсалар ҳақидаكُنتُمْsizlarсизларفِيهِundaундаتَخْتَلِفُونَixtilof qilganихтилоф қилган
TafsirТафсир

Dunyodagi barcha narsalarning Robbi–Tarbiyachisi, Yoʻllovchisi, Rizq berguvchisi va Hukm qilguvchisi boʻlgan Alloh turib, Uning maxluqlaridan birini Robbim deyinmi?!

«Holbuki, U hamma narsaning Robbidir».

Hamma narsaning Robbini qoʻyib, oʻzgani Robbim desam, holim nima boʻladi? Holim xarob boʻladi-ku, axir?!

«Har bir jon yomon kasb qilsa, faqat oʻziga ziyon qilur».

Shunday ekan, Allohdan oʻzgani Robbim desam, yomon kasb qilgan boʻlaman. Oʻzimga ziyon qilgan boʻlaman. Nima uchun bilib turib oʻzimga ziyon qilishim kerak ekan?!

«Hech bir jon boshqaning ogʻirligini koʻtarmas».

Agar men Allohdan oʻzgani Robbim deb, ogʻirlik–gunoh kasb qilsam, bu ogʻirlikni oʻzim koʻtarishim kerak. Nima uchun oʻzimga ogʻir boʻlishini bilib turib, ogʻirlik yuklashim kerak?!

«Soʻngra Robbilaringizga qaytishingiz bor».

Moʻminu kofir, muvahhidu mushrik–hamma-hamma Robbiga qaytishi muqarrardir. Shunday boʻlgandan keyin Allohdan oʻzgani Robbim deyish ahmoqlik-ku?!

«Bas, U sizlarga ixtilof qilgan narsalaringizning xabarini berur».

U holda hamma narsa ochiq-oydin boʻlar ekan. Xoʻsh, shunday boʻlsa, nima uchun Allohdan oʻzgani Robbim deyishim kerak?!