QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят163

لَا شَرِيكَ لَهُۥ ۖ وَبِذَٰلِكَ أُمِرْتُ وَأَنَا۠ أَوَّلُ ٱلْمُسْلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning sherigi yo`q. Ana shunga buyurilganman. Va men eng avvalgi musulmonlardanman.Унинг шериги йўқ. Ана шунга буюрилганман. Ва мен энг аввалги мусулмонларданман.Alauddin Mansour: U zotning bironta sherigi yoʻqdir. Mana shunga (yaʼni, yagona Allohga ixlos-ibodat qilishga) buyurilganman. Va men boʻyinsunguvchilarning avvali — peshqadamiman».У зотнинг биронта шериги йўқдир. Мана шунга (яъни, ягона Аллоҳга ихлос-ибодат қилишга) буюрилганман. Ва мен бўйинсунгувчиларнинг аввали — пешқадамиман».

150-sahifa · 8-juz · 15-hizb150-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَاyoʻqйўқشَرِيكَsherigiшеригиلَهُۥ ۖUningУнингوَبِذَٰلِكَva ana shungaва ана шунгаأُمِرْتُbuyurilganmanбуюрилганманوَأَنَا۠va menва менأَوَّلُeng avvalgiэнг аввалгиٱلْمُسْلِمِينَmusulmonmanмусулмонман
TafsirТафсир

Bu oyatlar musulmon odam butunlay Allohiga ajralib chiqishi lozimligini koʻrsatadi. U namozni faqat Alloh uchun oʻqiydi. Bosh- qa zot uchun yoki badantarbiya, axloqiy mashq, ota-onasini xursand qilish, jamoatchilikka maʼqul kelish uchun emas. U ibodatlarini faqat Alloh uchun ado etadi. Haj qilsa, roʻza tutsa, zakot bersa, Alloh uchun qiladi. Birovning gapi, maqtovi yoki ehtiromi uchun qilmaydi. Musulmon kishi tirikligining hamma sohasi, barcha taraflari faqat Alloh uchun boʻladi. Hatto musulmon kishining millati ham Alloh uchun boʻladi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham, u kishining ummatlari boʻlmish biz musulmonlar ham shunga buyurilganmiz. Boshqacha emas.