QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят162

قُلْ إِنَّ صَلَاتِى وَنُسُكِى وَمَحْيَاىَ وَمَمَاتِى لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Albatta, mening namozim, ibodatlarim, hayot va mamotim olamlarning Robbi Alloh uchundir.Сен: «Албатта, менинг намозим, ибодатларим, ҳаёт ва мамотим оламларнинг Робби Аллоҳ учундир.Alauddin Mansour: Ayting: «Albatta, namozim, ibodatlarim, hayotu mamotim butun olamlarning Parvardigori boʻlmish Alloh uchundir.Айтинг: «Албатта, намозим, ибодатларим, ҳаёту мамотим бутун оламларнинг Парвардигори бўлмиш Аллоҳ учундир.

150-sahifa · 8-juz · 15-hizb150-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْsen aytсен айтإِنَّalbattaалбаттаصَلَاتِىmening namozimменинг намозимوَنُسُكِىva ibodatlarimва ибодатларимوَمَحْيَاىَva hayotimва ҳаётимوَمَمَاتِىva mamotimва мамотимلِلَّهِAlloh uchundirАллоҳ учундирرَبِّRobbiРоббиٱلْعَـٰلَمِينَolamlarningоламларнинг
TafsirТафсир

Bu oyatlar musulmon odam butunlay Allohiga ajralib chiqishi lozimligini koʻrsatadi. U namozni faqat Alloh uchun oʻqiydi. Bosh- qa zot uchun yoki badantarbiya, axloqiy mashq, ota-onasini xursand qilish, jamoatchilikka maʼqul kelish uchun emas. U ibodatlarini faqat Alloh uchun ado etadi. Haj qilsa, roʻza tutsa, zakot bersa, Alloh uchun qiladi. Birovning gapi, maqtovi yoki ehtiromi uchun qilmaydi. Musulmon kishi tirikligining hamma sohasi, barcha taraflari faqat Alloh uchun boʻladi. Hatto musulmon kishining millati ham Alloh uchun boʻladi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham, u kishining ummatlari boʻlmish biz musulmonlar ham shunga buyurilganmiz. Boshqacha emas.