قُلْ إِنَّنِى هَدَىٰنِى رَبِّىٓ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ دِينًا قِيَمًا مِّلَّةَ إِبْرَٰهِيمَ حَنِيفًا ۚ وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Albatta, Meni Robbim to`g`ri yo`lga — rost dinga — to`g`rilikka moyil Ibrohim millatiga hidoyat qildi. U mushriklardan bo`lmagan edi», – deb ayt!Сен: «Албатта, Мени Роббим тўғри йўлга — рост динга — тўғриликка мойил Иброҳим миллатига ҳидоят қилди. У мушриклардан бўлмаган эди», – деб айт!Alauddin Mansour: Ayting: «Meni Parvardigorim Toʻgʻri Yoʻlga, Rost dinga — Haq Yoʻlga moyil boʻlgan Ibrohimning millatiga hidoyat qildi. U mushriklardan boʻlmagan edi».Айтинг: «Мени Парвардигорим Тўғри Йўлга, Рост динга — Ҳақ Йўлга мойил бўлган Иброҳимнинг миллатига ҳидоят қилди. У мушриклардан бўлмаган эди».
Bu, Alloh taolo bergan din ila gʻururlanishdir. Musulmon kishi Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallam bilan qanchalar faxrlansa, arziydi, qanchalik shukr qilsa, arziydi. Chunki, ularning yoʻli Robbilari tomonidan koʻrsatilgan rost dindir. Chunki, ularning millati toʻgʻrilikka moyil–boshqa tomonga burilmaydigan millat–Ibrohim alayhissalomning millatidir. U zot hech qachon mushriklardan boʻlmagan. U kishining millatidan boʻlganlar ham mushriklardan boʻlmasligi kerak.