مَن جَآءَ بِٱلْحَسَنَةِ فَلَهُۥ عَشْرُ أَمْثَالِهَا ۖ وَمَن جَآءَ بِٱلسَّيِّئَةِ فَلَا يُجْزَىٰٓ إِلَّا مِثْلَهَا وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim bir yaxshilik qilsa, unga o`n barobar qaytarilur. Kim bir yomonlik qilsa, unga faqat qilganiga yarasha jazo bo`lur. Va ularga zulm qilinmas.Ким бир яхшилик қилса, унга ўн баробар қайтарилур. Ким бир ёмонлик қилса, унга фақат қилганига яраша жазо бўлур. Ва уларга зулм қилинмас.Alauddin Mansour: Kim biron chiroyli amal qilsa, unga oʻn barobar qilib (qaytarilur). Kim biron yomon ish qilsa, faqat oʻshaning barobarida jazolanur va ularga zulm qilinmas.Ким бирон чиройли амал қилса, унга ўн баробар қилиб (қайтарилур). Ким бирон ёмон иш қилса, фақат ўшанинг баробарида жазоланур ва уларга зулм қилинмас.
Bu, Alloh taoloning Oʻziga Oʻzi rahmat yozib qoʻyganidandir. Kim yaxshilik qilsa, savobini oʻn barobar koʻpaytirib beradi va kim yomonlik qilsa, faqat oʻsha yomonligiga yarasha jazo beradi.
Suraning oxirida Alloh taolo Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga yana takror-takror «ayt» deb xitob qilib, oʻtgan masalalarga, tortishuvlarga yakun yasaydi: