QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят159

إِنَّ ٱلَّذِينَ فَرَّقُوا۟ دِينَهُمْ وَكَانُوا۟ شِيَعًا لَّسْتَ مِنْهُمْ فِى شَىْءٍ ۚ إِنَّمَآ أَمْرُهُمْ إِلَى ٱللَّهِ ثُمَّ يُنَبِّئُهُم بِمَا كَانُوا۟ يَفْعَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Dinlarini tafriqa qilib, o`zlari guruhbozlik qilganlar bilan hech bir aloqang yo`q. Albatta, ularning ishi Allohning O`ziga havola. So`ngra, qilgan ishlarining xabarini berur.Динларини тафриқа қилиб, ўзлари гуруҳбозлик қилганлар билан ҳеч бир алоқанг йўқ. Албатта, уларнинг иши Аллоҳнинг Ўзига ҳавола. Сўнгра, қилган ишларининг хабарини берур.Alauddin Mansour: Dinlarini boʻlib, oʻzlari ham guruhlarga boʻlinib olgan kimsalar toʻgʻrisidan biron narsada (masʼul) emassiz. Ularning ishlari faqat Allohning oʻziga havola. Keyin (Qiyomat Kunida) U zot ularga qilib oʻtgan ishlarining xabarini berur.Динларини бўлиб, ўзлари ҳам гуруҳларга бўлиниб олган кимсалар тўғрисидан бирон нарсада (масъул) эмассиз. Уларнинг ишлари фақат Аллоҳнинг ўзига ҳавола. Кейин (Қиёмат Кунида) У зот уларга қилиб ўтган ишларининг хабарини берур.

150-sahifa · 8-juz · 15-hizb150-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَkimsalarкимсаларفَرَّقُوا۟tafriqa qilganтафриқа қилганدِينَهُمْdinlariniдинлариниوَكَانُوا۟va boʻlganlarва бўлганларشِيَعًۭاguruh-guruhгуруҳ-гуруҳلَّسْتَsen emassanсен эмассанمِنْهُمْulardanуларданفِى-da-даشَىْءٍ ۚhech narsadaҳеч нарсадаإِنَّمَآalbatta, faqatалбатта, фақатأَمْرُهُمْularning ishiуларнинг ишиإِلَى-ga havola-га ҳаволаٱللَّهِAllohgaАллоҳгаثُمَّsoʻngraсўнграيُنَبِّئُهُمularga xabarini berurуларга хабарини берурبِمَاnarsa haqidaнарса ҳақидаكَانُوا۟boʻlganбўлганيَفْعَلُونَqilib yurganқилиб юрган
TafsirТафсир

Dunyoda turli dinlarni tutganlar, diniga tafriqa tushganlar koʻp. Shu bilan birga, oʻzlari turli guruhlarga, firqalarga boʻlinib olib, tarafkashlik qilib yurganlar ham koʻp. Lekin sening ular bilan hech qanday aloqang yoʻq. Sening Alloh huzuridan kelgan va Uning huzurida maqbul dining bor. Alloh bergan va, faqat shuni qabul qilaman, degan shariating bor. Alloh tushirgan va, qiyomatgacha muhofaza qilaman, degan ilohiy dasturing–Qurʼon bor. Sen yoʻlingda shaxdam yuraver. Ular bilan aloqang yoʻq. Dinlariga tafriqa solgan va guruhbozlik qilganlarni Alloh Oʻzi biladi:

«Albatta, ularning ishi Allohning Oʻziga havola».

Hozircha ular nima qilsa, qilib yuraversinlar. Ammo, bir kuni kelib, ular albatta Alloh taologa duchor boʻladilar.

«Soʻngra, qilgan ishlarining xabarini berur» va shunga yarasha hisob-kitob qilur. Hisob-kitob quyidagi qoida asosida boʻlur: