وَلَقَدْ أَرْسَلْنَآ إِلَىٰٓ أُمَمٍ مِّن قَبْلِكَ فَأَخَذْنَـٰهُم بِٱلْبَأْسَآءِ وَٱلضَّرَّآءِ لَعَلَّهُمْ يَتَضَرَّعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz sendan oldingi ummatlarga ham Payg`ambarlar yuborganmiz. So`ngra, shoyad, tazarru' qilsalar deb, ularni balo va ziyonlarga tutganmiz.Батаҳқиқ, Биз сендан олдинги умматларга ҳам Пайғамбарлар юборганмиз. Сўнгра, шояд, тазарруъ қилсалар деб, уларни бало ва зиёнларга тутганмиз.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), maʼlumki, sizdan avvalgi millatlarga ham elchilar yuborganmiz. (Elchilarimizni ular yolgʻonchi qilishgach), shoyad tavba-tazarru qilsalar, deb ularni balo va ziyonlar bilan ushlaganmiz.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), маълумки, сиздан аввалги миллатларга ҳам элчилар юборганмиз. (Элчиларимизни улар ёлғончи қилишгач), шояд тавба-тазарру қилсалар, деб уларни бало ва зиёнлар билан ушлаганмиз.
Alloh taolo Islom ummatidan avvalgi ummatlarga ham Paygʻambarlar yuborgan. Ulardan Paygʻambarlarning daʼvatiga yurmaganlarini balo-ofatlarga duchor qilgan va ziyon ila tutgan. Bundan, shoyadki, boshiga ogʻir kun tushganda oʻziga kelib, hushini yigʻib, xatosini tushunsa va iymon yoʻliga yursa, degan maqsad koʻzda tutilgan. Agar voqelikka nazar soladigan boʻlsak, xuddi shu haqiqatni koʻramiz. Avvallari turli holatlarda yurib, keyin toʻgʻri yoʻlga tushib olganlar bilan gaplashsangiz, hidoyat yoʻlini tutishlariga boshlariga tushgan ogʻir musiybat sabab boʻlganini aytadilar. Agar Qurʼoniy maqsad amalga oshib, boshiga balo va ziyon tushganlar tazarruʼ qilib hidoyat va taqvo yoʻliga tushib olsalar, yaxshi boʻlar edi.