QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят41

بَلْ إِيَّاهُ تَدْعُونَ فَيَكْشِفُ مَا تَدْعُونَ إِلَيْهِ إِن شَآءَ وَتَنسَوْنَ مَا تُشْرِكُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q! Faqat Ungagina duo qilursiz. U esa, xohlasa, siz duo qilgan narsaga kushoyish berur. Siz esa, shirk keltirayotgan narsangizni unutursiz.Йўқ! Фақат Унгагина дуо қилурсиз. У эса, хоҳласа, сиз дуо қилган нарсага кушойиш берур. Сиз эса, ширк келтираётган нарсангизни унутурсиз.Alauddin Mansour: Yoʻq, Uning Oʻzigagina iltijo qilasizlar, bas, agar xohlasa, U zot sizlar duo-iltijo qilgan narsani (balo-musibatni) aritur. Allohga sherik deb biladigan butlaringizni esa unutib yuborursizlar».Йўқ, Унинг Ўзигагина илтижо қиласизлар, бас, агар хоҳласа, У зот сизлар дуо-илтижо қилган нарсани (бало-мусибатни) аритур. Аллоҳга шерик деб биладиган бутларингизни эса унутиб юборурсизлар».

132-sahifa · 7-juz · 14-hizb132-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
بَلْyoʻq!йўқ!إِيَّاهُfaqat Ungaginaфақат Унгагинаتَدْعُونَduo qilasizдуо қиласизفَيَكْشِفُbas, U kushoyish beradirбас, У кушойиш берадирمَاnarsagaнарсагаتَدْعُونَsiz duo qilganсиз дуо қилганإِلَيْهِUngaУнгаإِنagarагарشَآءَxohlasaхоҳласаوَتَنسَوْنَva unutarsizва унутарсизمَاnarsangizniнарсангизниتُشْرِكُونَshirk keltirayotganширк келтираётган
TafsirТафсир

Bu dunyoda kofir-mushriklar but-sanamlarni rozi qilish uchun harakat qiladilar. Avval aytilganidek, Allohdan oʻzganing roziligi istalgan, Allohning aytgani qolib, oʻzganing aytgani ado etilgan har bir hodisa Allohga sherik keltirish hisoblanadi. Xuddi shunday, Allohdan oʻzganing aytganini qilayotganlar, ularning hukmiga yurayotganlar, roziligini izlayotganlar boshlariga ogʻir hol tushganda: «Ey sanamim, firqam, qavmim yoki tuzumim, menga oʻzing kushoyish ber», demaydi.

«Yoʻq! Faqat Ungagina duo qilursiz».

Ha, unday paytda hamma Allohdan yordam soʻrab, faqat Ungagina murojaat qiladi.

«U esa, xohlasa, siz duo qilgan narsaga kushoyish berur».

Xohlamasa, kushoyish bermaydi. U zotning xohishi cheksiz. Buning ustiga, U zotning Oʻzi kimga kushoyish berishini Oʻz kitobida aytib qoʻygan.

«Siz esa shirk keltirayotgan narsangizni unutursiz».

Ha, ogʻir holatga tushib qolgan mushrik faqat Alloh taologagina yolboradi. Oʻzi shirk keltirgan hamma narsalarni esdan chiqaradi.

Hozirgi kunimizda bunga har qadamda dalillar uchraydi. Umri boʻyi dinga qarshi kurashib yurganlar ham boshiga ogʻir holat tushganda, dinga ruxsat berib, din ahliga, ulamolarga yaxshi gapirib, oʻzi ham dinga moyil ekanini izhor etib qoladi.

Aslida, bunday ogʻir holatlar eslatish, ogohlantirish uchun ekanligi keyingi oyatlardan tushunib olinadi: