قُلْ أَرَءَيْتَكُمْ إِنْ أَتَىٰكُمْ عَذَابُ ٱللَّهِ أَوْ أَتَتْكُمُ ٱلسَّاعَةُ أَغَيْرَ ٱللَّهِ تَدْعُونَ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Agar rostgo`y bo`lsalaringiz, ayting-chi, sizga Allohning azobi yoki qiyomat soati kelganda, Allohdan boshqaga duo qilasizlarmi?» – degin.Сен: «Агар ростгўй бўлсаларингиз, айтинг-чи, сизга Аллоҳнинг азоби ёки қиёмат соати келганда, Аллоҳдан бошқага дуо қиласизларми?» – дегин.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Agar sizlar ?»Allohdan oʻzga ilohlar bor», degan soʻzingizda) rostgoʻy boʻlsangizlar, xabar beringiz-chi, agar sizlarga Allohning azobi kelsa yoki Qiyomat qoyim boʻlsa, Allohdan oʻzgaga duo-iltijo qilasizlarmi?!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Агар сизлар ?»Аллоҳдан ўзга илоҳлар бор», деган сўзингизда) ростгўй бўлсангизлар, хабар берингиз-чи, агар сизларга Аллоҳнинг азоби келса ёки Қиёмат қойим бўлса, Аллоҳдан ўзгага дуо-илтижо қиласизларми?!
Ushbu oyatda moʻʼjizabayon Qurʼon mushrik va kofirlarni nozik joylaridan ushlamoqda va ularni avvalo rost gapirishga chaqirib:
«Agar rostgoʻy boʻlsalaringiz, ayting-chi»,–demoqda.
Gapning bunday boshlanishi ularning holini yaxshi bilganidandir. Bu dunyoda oddiy inson ham biror kishining sirini bilsayu, uni iqror qilmoqchi boʻlsa, rostini ayt deb, oldin uni rost gapirishga chorlab oladi-da, keyin asosiy maqsadga oʻtadi. Bu oyatda asosiy maqsad, har qanday odam, boshiga ogʻir holat tushganda, albatta, Allohni eslab, Unga iltijo qilishi va Undan yordam soʻrashini tasdiqlashga qaratilgan. Kofirlarga shu holni eslatish Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga topshirilmoqda:
«...ayting-chi, sizga Allohning azobi yoki qiyomat soati kelganda, Allohdan boshqaga duo qilasizlarmi? – degin».
Tajribada sobit boʻlishicha, inson, ogʻir holga tushganda, noiloj qolganda, albatta, Allohni eslaydi va undan yordam soʻraydi. Buni kofir ham biladi. Zotan, «kofir» degani «toʻsuvchi» deganidir. Alloh insonni ochiq tabiatli qilib yaratdi, yaʼni, iymonga moyil qildi. Kofir esa, oʻsha tabiatini toʻsib, bor Xudoni yoʻq deydi yoki unga shirk keltiradi. Ammo inson ogʻir holga tushganda, unga biror xavf-xatar qattiq tahdid solganda, oʻsha toʻsiq ochilib, yana asl tabiatiga qaytadi. Oʻshanda Allohni yodga oladi. Unga iltijo qiladi. Yordam soʻraydi. Yoki ey, kofirlar, oʻshandoq paytda sizlar Alloh taolodan boshqaga duoqilasizmi?