QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят39

وَٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا صُمٌّ وَبُكْمٌ فِى ٱلظُّلُمَـٰتِ ۗ مَن يَشَإِ ٱللَّهُ يُضْلِلْهُ وَمَن يَشَأْ يَجْعَلْهُ عَلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar kar va soqovlardir. Alloh kimni xohlasa, adashtirur va kimni xohlasa, to`g`ri yo`lda barqaror qilib qo`yadir.Оятларимизни ёлғонга чиқарганлар кар ва соқовлардир. Аллоҳ кимни хоҳласа, адаштирур ва кимни хоҳласа, тўғри йўлда барқарор қилиб қўядир.Alauddin Mansour: Bizning oyatlarimizni yolgʻon degan kimsalar zulmatlarda qolgan kar-soqovdirlar. Alloh xohlagan kishisini adashtirur, xohlagan kishisini Toʻgʻri Yoʻlda (barqaror) qilur.Бизнинг оятларимизни ёлғон деган кимсалар зулматларда қолган кар-соқовдирлар. Аллоҳ хоҳлаган кишисини адаштирур, хоҳлаган кишисини Тўғри Йўлда (барқарор) қилур.

132-sahifa · 7-juz · 14-hizb132-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva oʻshalarва ўшаларكَذَّبُوا۟yolgʻonga chiqarganlarёлғонга чиқарганларبِـَٔايَـٰتِنَاoyatlarimizniоятларимизниصُمٌّۭkarlardirкарлардирوَبُكْمٌۭva soqovlardirва соқовлардирفِى-da-даٱلظُّلُمَـٰتِ ۗzulmatlar ichidaзулматлар ичидаمَنkimniкимниيَشَإِxohlasaхоҳласаٱللَّهُAllohАллоҳيُضْلِلْهُuni adashtirarуни адаштирарوَمَنva kimniва кимниيَشَأْxohlasaхоҳласаيَجْعَلْهُuni qilib qoʻyadirуни қилиб қўядирعَلَىٰustidaустидаصِرَٰطٍۢyoʻldaйўлдаمُّسْتَقِيمٍۢtoʻgʻriтўғри
TafsirТафсир

Yuqoridagi «Bu narsalarni bilib turib koʻngli yumshamagan, hidoyat topmagan odam qanaqa odam boʻlishi mumkin?» degan savolning javobi ushbu oyatda zikr etilmoqda.

«Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar kar va soqovlardir».

Bundan maʼlum boʻladiki, Alloh oyatlarini yolgʻonga chiqarib kofir boʻlganlar sezgi aʼzolari nomukammal odamlardir. Garchi ularning boshqalar kabi koʻrish, eshitish va gapirish aʼzolari boʻlsa ham, bu aʼzolar ilohiy haqiqatni koʻrishga, eshitishga va gapirishga qobil emas. Ular zulmat ahli–nurni koʻrmaydilar. Ular kardirlar–haqni eshitmaydilar. Ular soqovdirlar–haqni gapira olmaydilar. Bu hodisa ortida Allohning xohishi turibdi.

«Alloh kimni xohlasa, adashtirur va kimni xohlasa, toʻgʻri yoʻlda barqaror qilib qoʻyadir».

Alloh–xohishi cheksiz Zot. Alloh insonni Oʻz irodasi ila yaratdi. Unga aql berdi. Yoʻl koʻrsatdi. Inson yoʻl tanlaydi–Alloh uni yurgizadi. Inson ana shu tanlovi uchun mukofot yoki jazo oladi. Xullas, har bir narsani Alloh bilib turadi.

Keyingi oyatda Alloh ogʻir ahvolga tushgan kofirlar holini bayon qiladi: