QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят38

وَمَا مِن دَآبَّةٍ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا طَـٰٓئِرٍ يَطِيرُ بِجَنَاحَيْهِ إِلَّآ أُمَمٌ أَمْثَالُكُم ۚ مَّا فَرَّطْنَا فِى ٱلْكِتَـٰبِ مِن شَىْءٍ ۚ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّهِمْ يُحْشَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yer yuzidagi har bir yuruvchi jonzot va ikki qanoti ila uchuvchi qush borki, hammasi siz kabi ummatlardir. Kitobga hech narsani qo`ymay yozganmiz. So`ngra Robbilariga jamlanurlar.Ер юзидаги ҳар бир юрувчи жонзот ва икки қаноти ила учувчи қуш борки, ҳаммаси сиз каби умматлардир. Китобга ҳеч нарсани қўймай ёзганмиз. Сўнгра Роббиларига жамланурлар.Alauddin Mansour: Yerda sudralib yurgan har bir jonivor, osmonda qanot qoqayotgan har bir qush xuddi sizlar kabi (Bizning qoʻl ostimizdagi) jamoalardir. Kitobda (yaʼni, taqdiri azal kitobida) biron narsani qoʻymay (yozganmiz). Keyin hammalari Parvardigorlari dargohiga toʻplanurlar.Ерда судралиб юрган ҳар бир жонивор, осмонда қанот қоқаётган ҳар бир қуш худди сизлар каби (Бизнинг қўл остимиздаги) жамоалардир. Китобда (яъни, тақдири азал китобида) бирон нарсани қўймай (ёзганмиз). Кейин ҳаммалари Парвардигорлари даргоҳига тўпланурлар.

132-sahifa · 7-juz · 14-hizb132-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva yoʻqва йўқمِن-dan-данدَآبَّةٍۢhech bir jonzotҳеч бир жонзотفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuzidaер юзидаوَلَاva yoʻqва йўқطَـٰٓئِرٍۢqushқушيَطِيرُuchuvchiучувчиبِجَنَاحَيْهِikki qanoti ilaикки қаноти илаإِلَّآmagarмагарأُمَمٌummatlardirумматлардирأَمْثَالُكُم ۚsiz kabiсиз кабиمَّاemasэмасفَرَّطْنَاqoʻyib ketganmizқўйиб кетганмизفِى-da-даٱلْكِتَـٰبِKitobdaКитобдаمِن-dan-данشَىْءٍۢ ۚhech narsaҳеч нарсаثُمَّsoʻngraсўнграإِلَىٰ-ga-гаرَبِّهِمْRobbilarigaРоббиларигаيُحْشَرُونَjamlanurlarжамланурлар
TafsirТафсир

Bu olamda faqat odamlargina emas, koʻplab boshqa jonzotlar ham yashaydilar. Ularni ham Alloh taolo yaratgan. Yer yuzida yuradigan hamma jonzotlarni–tuyoq bilan yuradimi, sudralib yuradimi, ikki oyoq, toʻrt oyoq yoxud koʻp oyoqlimi yoki boshqa vosita bilan yuradimi, uchadimi, hamma-hammasini Alloh taolo yaratgan. Agar ulardan birortasini boshqa zot yaratganini daʼvo qiluvchi boʻlsa, marhamat, isbot qilsin. «Hayvonlar oʻz-oʻzidan paydo boʻlib, soʻngra bosqichma-bosqich rivojlanadi»,–deganlar aslida kimlar ekaniga va oqibati nima boʻlganiga bizning avlod guvoh boʻldi. Insonning bu sohadagi ojizligi shu darajadaki, u hatto qancha turdagi jonivor borligini ham aniq bilmaydi. Agar bilganida, tez-tez yangi hayvonlar topilgani haqida xabarlar chiqib turmas edi. Agar inson insofga kirib, Alloh taolo tomonidan yaratilgan mazkur hayvonlarning eng kichigini olib oʻrgansa ham, katta moʻʼjiza qarshisida turganiga amin boʻladi va Alloh taologa iymon keltiradi. Shuningdek, osmonda nimaiki uchib yurgan boʻlsa, hammasini Alloh yaratgan. Boshqa hech kim yaratgan emas. Ulardan qay biri tanlab olib oʻrganilsa ham, katta moʻʼjiza ekanligi ayon boʻladi.

Oyati karimada yerdagi va osmondagi jonzotlar ham, insonlar kabi, ummatlar ekani taʼkidlanmoqda.

«Yer yuzidagi har bir yuruvchi jonzot va ikki qanoti ila uchuvchi qush borki, hammasi siz kabi ummatlardir».

Yaʼni, ularning hayotlarida ham tirikchilik, oila, tugʻish, koʻpayish singari insonlarga xos ishlarga oʻxshash jihatlar bor. Ularni kim bunday qilib yaratdi? Ulamolar koʻpincha, asalari va chumolini misol qilib, keltiradilar. Mutaxassislarning fikri bilan tanishgan odam bu ikki ummatning jamoa hayoti Allohning qudratidan ekanligiga tan bermay iloji yoʻq.

Ana shunday koʻp va murakkab jonzotlarni yaratib, har qadamda uchraydigan moʻʼjiza qilib qoʻygan Allohdan yana Paygʻambarini tasdiqlash uchun moʻʼjiza tushirishni soʻrash oʻtaketgan shakkoklikdan oʻzga narsa emas.

Shu bilan birga, Alloh ularning hammasini maxsus kitobga yozib ham qoʻygan, qiyomat kuni qayta toʻplaydi ham.

«Kitobga hech narsani qoʻymay yozganmiz. Soʻngra Robbilariga jamlanurlar».

Bu narsalarni bilib turib koʻngli yumshamagan, hidoyat topmagan odam qanaqa odam boʻlishi mumkin?