QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят37

وَقَالُوا۟ لَوْلَا نُزِّلَ عَلَيْهِ ءَايَةٌ مِّن رَّبِّهِۦ ۚ قُلْ إِنَّ ٱللَّهَ قَادِرٌ عَلَىٰٓ أَن يُنَزِّلَ ءَايَةً وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Unga Robbidan bir oyat-mo`'jiza tushsa edi?» – derlar. «Albatta, Alloh oyat-mo`'jiza tushirishga qodirdir», deb ayt. Lekin ko`plari bilmaslar.Улар: «Унга Роббидан бир оят-мўъжиза тушса эди?» – дерлар. «Албатта, Аллоҳ оят-мўъжиза туширишга қодирдир», деб айт. Лекин кўплари билмаслар.Alauddin Mansour: (Mushriklar): «Unga (yaʼni, Muhammadga) Parvardigoridan biron oyat-moʻʼjiza tushirilsa edi», dedilar. Ayting: «Albatta, Alloh (ular istagan) oyatni tushirishga qodirdir. Lekin ularning koʻplari (oʻsha moʻʼjiza tushganidan keyin ham inkor qilsalar, qanday balo kelishini) bilmaydilar».(Мушриклар): «Унга (яъни, Муҳаммадга) Парвардигоридан бирон оят-мўъжиза туширилса эди», дедилар. Айтинг: «Албатта, Аллоҳ (улар истаган) оятни туширишга қодирдир. Лекин уларнинг кўплари (ўша мўъжиза тушганидан кейин ҳам инкор қилсалар, қандай бало келишини) билмайдилар».

132-sahifa · 7-juz · 14-hizb132-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالُوا۟va dedilarва дедиларلَوْلَاnegaнегаنُزِّلَtushirilmadiтуширилмадиعَلَيْهِungaунгаءَايَةٌۭbir oyat-moʻʼjizaбир оят-мўъжизаمِّن-dan-данرَّبِّهِۦ ۚRobbidanРоббиданقُلْaytайтإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳقَادِرٌqodirdirқодирдирعَلَىٰٓ-ga-гаأَنtokiтокиيُنَزِّلَtushirishgaтуширишгаءَايَةًۭoyat-moʻʼjizaоят-мўъжизаوَلَـٰكِنَّlekinлекинأَكْثَرَهُمْularning koʻplariуларнинг кўплариلَاemasэмасيَعْلَمُونَbilmaslarбилмаслар
TafsirТафсир

Kofiru mushriklar doimo, boshqa Paygʻambarlarga tushgani kabi, Muhammadga ham Robbidan moddiy oyat–moʻʼjiza tushsa edi, deyishar va Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning oʻzlariga kelib ham turli talablarni qoʻyishar edi.

«Ular: «Unga Robbidan bir oyat-moʻʼjiza tushsa edi?» – derlar».

Ammo, Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning moʻʼjizalari, boshqa Paygʻambarlarning moʻʼjizalari kabi, moddiy moʻʼjiza boʻlishini xohlamadi. U kishiga Qurʼoni Karimni maʼnaviy moʻʼjiza qilib berdi. Boshqa Paygʻambarlarga berilgan moʻʼjizalar Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan ham sodir boʻlgan. Ammo, bu odatdan tashqari ishlarga alohida eʼtibor berilib, ular Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Paygʻambarliklarining dalili sifatida boʻrttirib koʻrsatilmas va targʻib qilinmas edi. Sahobai kiromlar bu moʻʼjizalarni oddiy hodisalar deb bilishar, ular tez-tez sodir boʻlib turar va Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam uchun juda ham oʻngʻay bir hol edi. Buning ustiga, bu mayda ishlar maʼnaviy moʻʼjiza–Qurʼon moʻʼjizasi soyasida koʻrinmay ketar edi.

Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamning bosh moʻʼjizalari nima uchun Qurʼoni Karim ekanining haqiqiy hikmatini Alloh taoloning Oʻzi biladi. Ammo, ulamolarimiz ijtihodlari ila baʼzi hikmatlarni tilga oladilar. Jumladan, quyidagi fikr koʻp zikr etiladi.

Avvalgi Paygʻambarlarning bosh moʻʼjizalari moddiy moʻʼjizalar edi. Oddiy inson qila olmaydigan ayrim moʻʼjizalar Alloh taolo inoyati ila Paygʻambarlarga vositasiz, ularning xizmatlari uchun berib qoʻyilgan edi. Duo yoki ishoratlar bilan oʻsha moʻʼjizalar sodir boʻlaverar, shu bilan birga, har bir Paygʻambar bu dunyodan ketishi bilan moʻʼjizasi ham oʻzi bilan ketgan. Chunki, mazkur Paygʻambarlarning shariatlari maʼlum bir qavm va maʼlum bir vaqt bilan chegaralangan edi.

Ammo, Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shariatlari–oxirgi shariat, abadiy shariat, har bir zamon va makonga salohiyatli shariat boʻlgani uchun u kishiga bosh moʻʼjiza etib Qurʼoni Karim berildi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning oʻzlari bu dunyodan oʻtdilar, ammo moʻʼjizalari qiyomatgacha qoladi. Odamlarni Islomga jalb qilaveradi. Dastlab Qurʼonning balogʻat, fasohat va tildagi moʻʼjizasiga eʼtibor berildi, odamlar uning oldida ojiz qolib iymonga keldilar. Ammo, vaqt oʻtishi va aql-tafakkur oʻsishi bilan Qurʼondagi ilmiy, ijtimoiy, tarixiy, adadiy va boshqa turli moʻʼjizalarni anglab, uning oldida ojiz qolib, Islomni qabul qilmoqdalar. Hozirgi zamonda Islomni yangi qabul qilayotgan kishilar, asosan, shular jumlasidandir.

Ikkinchi sababga esa, ushbu oyati karimaning oʻzida ham ishora bor:

«Albatta, Alloh oyat-moʻʼjiza tushirishga qodirdir», deb ayt. Lekin koʻplari bilmaslar».

Nimani bilmaslar? Albatta, Allohning oyat-moʻʼjiza tushirishga qodir ekanini bilmaydilar. Oyat-moʻʼjiza tushirishni talab qilganlarning talabi qondirilib, moʻʼjiza tushirilsa-yu, talabgorlar shundan keyin ham kofirligicha qolaversa, oʻsha ummatni Alloh taolo butunlay halok qilib yuborishini tushunmaydilar. Alloh taolo, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlari oxirgi ummat boʻlgani uchun ham, bu ummatga oyat-moʻʼjizani talabga binoan tushirishni iroda qilmagan.

Mushrik va kofirlar iymon keltirish uchun moʻʼjizani, lol qoldiruvchi narsalarni xohlayotgan boʻlsalar, alohida talab qilib oʻtirmasdan atroflariga bir qarasalar, har qadamda eng ulkan moʻʼjizalarni koʻradilar. Mana bu oyatni bir tafakkur qilib, oʻylab koʻrsinlar-a: