QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят36

۞ إِنَّمَا يَسْتَجِيبُ ٱلَّذِينَ يَسْمَعُونَ ۘ وَٱلْمَوْتَىٰ يَبْعَثُهُمُ ٱللَّهُ ثُمَّ إِلَيْهِ يُرْجَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, tinglay oladiganlargina qabul qilurlar. O`liklarni esa, Alloh tiriltirur va so`ngra Uning O`ziga qaytarilurlar.Албатта, тинглай оладиганларгина қабул қилурлар. Ўликларни эса, Аллоҳ тирилтирур ва сўнгра Унинг Ўзига қайтарилурлар.Alauddin Mansour: Albatta, eshita oladigan zotlargina (sizning daʼvatingizni) qabul qilurlar. Oʻliklarni (kofirlarni) esa Alloh tiriltirur. Soʻngra Oʻziga qaytarilurlar.Албатта, эшита оладиган зотларгина (сизнинг даъватингизни) қабул қилурлар. Ўликларни (кофирларни) эса Аллоҳ тирилтирур. Сўнгра Ўзига қайтарилурлар.

132-sahifa · 7-juz · 14-hizb132-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ إِنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатيَسْتَجِيبُqabul qilurlarқабул қилурларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларيَسْمَعُونَ ۘtinglay oladiganlarтинглай оладиганларوَٱلْمَوْتَىٰva oʻliklarniва ўликларниيَبْعَثُهُمُularni tiriltirurуларни тирилтирурٱللَّهُAllohАллоҳثُمَّsoʻngraсўнграإِلَيْهِUning OʻzigaУнинг Ўзигаيُرْجَعُونَqaytarilurlarқайтарилурлар
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada islomiy davʼatga nisbatan ikkiga boʻlinadigan qarama-qarshi ikki guruh nazarda tutilmoqda.

Birinchi guruh–«tinglay oladiganlar» guruhi. Yaʼni, Alloh taolodan kelgan daʼvatni, bayonni–Qurʼonni tinglay oladiganlar, tinglagan narsalarini tushunib, oʻzlariga singdirib, ularga amal qiladiganlar guruhi. Ular qalblari tirik, ochiq va yaxshilikni qabul qilishga tayyor kishilardir. Ana oʻshalargina Islom daʼvatini qabul qiladilar.

«Albatta, tinglay oladiganlargina qabul qilurlar».

Ikkinchi guruh–«oʻliklar», yaʼni, maʼnaviy oʻliklar guruhi. Ularning tanasida jonlari boʻlsa ham, qalblari oʻlikdir. Shuning uchun, Islom daʼvati oʻlik jasadga taʼsir qilmagandek, ularga ham taʼsir etmaydi.

Kofirlar ana shu holda yashab oʻtadilar. Lekin abadiy bunday holda qolmaydilar:

«Oʻliklarni esa, Alloh tiriltirur va soʻngra Uning Oʻziga qaytarilurlar».

Yaʼni, kofirlar bu dunyodan oʻtganlaridan keyin Alloh qiyomat kuni ularni qayta tiriltiradi va ular Mahsharga, Alloh taoloning Oʻziga qaytariladilar.

Keyingi oyatda kofirlarning yana bitta shubhalari zikr qilinadi: