فَلَمَّا نَسُوا۟ مَا ذُكِّرُوا۟ بِهِۦ فَتَحْنَا عَلَيْهِمْ أَبْوَٰبَ كُلِّ شَىْءٍ حَتَّىٰٓ إِذَا فَرِحُوا۟ بِمَآ أُوتُوٓا۟ أَخَذْنَـٰهُم بَغْتَةً فَإِذَا هُم مُّبْلِسُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Eslatilgan narsalarni unutgan chog`larida, ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qo`ydik. O`zlariga berilgan narsalardan xursand bo`lib turganlarida, ularni birdaniga tutdik. Bas, qarabsizki, butunlay noumid bo`ldilar.Эслатилган нарсаларни унутган чоғларида, уларга ҳамма нарсанинг эшикларини очиб қўйдик. Ўзларига берилган нарсалардан хурсанд бўлиб турганларида, уларни бирданига тутдик. Бас, қарабсизки, бутунлай ноумид бўлдилар.Alauddin Mansour: Endi — qachonki ular oʻzlari uchun eslatma qilib berilgan narsani unutishgach, Biz ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qoʻydik. Qachonki oʻzlariga berilgan narsalar bilan shod turganlarida, ularni toʻsatdan (azob bilan) ushladik. Bas, butunlay nomurod boʻldilar.Энди — қачонки улар ўзлари учун эслатма қилиб берилган нарсани унутишгач, Биз уларга ҳамма нарсанинг эшикларини очиб қўйдик. Қачонки ўзларига берилган нарсалар билан шод турганларида, уларни тўсатдан (азоб билан) ушладик. Бас, бутунлай номурод бўлдилар.
Bunday muomalaga «istidroj»–bildirmasdan darajama-daraja olish, deyiladi. Alloh ogohlantirish maqsadida avval balo-ofatga duchor qilgan edi, tazarruʼ qilmadi, kufrda davom etdi. Balo-ofat taʼsir qilmaydigan qalb, tosh qotgan, yaxshilik umid qilib boʻlmaydigan qalbdir. Undan endi iymon ham, biror-bir yaxshilik ham kutib boʻlmaydi. Alloh Oʻzi hikoya qilayotgan avvalgi ummatlardan shunday qattiq qalblilarini bir muddat tek qoʻyib qoʻygan. Ular boshidan oʻtgan musiybatlarni va:
«Eslatilgan narsalarni unutgan chogʻlarida, ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qoʻydik»,–deydi.
Yaʼni, ular istaganlaridan ham ortiq nozu neʼmatlarga koʻmib tashlanganlar. Bu dunyoning matohlari ularga seldek oqib kelgan. Albatta, ular bu narsalarga cheksiz xursand boʻlganlar. Ammo, iymonsiz, tazarruʼsiz kelgan nozu neʼmat yaxshilikka olib bormasligi turgan gap. Aslida, iymonli, tazarruʼli va taqvolilarga nozu neʼmatlar, farovon turmush berilishi lozim. Alloh taoloning vaʼdasi–shu. Ammo, kofir-mushriklarga bu narsalar berilsa, xususan, hamma narsaning eshigi ochib qoʻyilsa, orqasida boshqa gapi boʻladi. Nozu neʼmatga koʻmilgan kofirlar gʻururga ketib, yana ham koʻproq isyonga, gunohkorlikka oʻzlarini uradilar. Ammo, haqiqiy hikmat keyin paydo boʻladi:
«Oʻzlariga berilgan narsalardan xursand boʻlib turganlarida, ularni birdaniga tutdik».
Bunday boʻlishini xayollariga ham keltirmagan edilar. Birdaniga Allohning azobi ularni tutdi.
«Bas, qarabsizki, butunlay noumid boʻldilar».
Endi tavba-tazarruʼ qilishga imkon qolmadi.