QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят45

فَقُطِعَ دَابِرُ ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ۚ وَٱلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, zulm qilgan qavmlarning keti kesildi. Olamlarning Robbisi Allohga hamdlar bo`lsin.Бас, зулм қилган қавмларнинг кети кесилди. Оламларнинг Роббиси Аллоҳга ҳамдлар бўлсин.Alauddin Mansour: Bas, butun olamlarning Parvardigori — Allohga hamd boʻlsinki, zolim qavmning dumlari qirqildi (halok qilindilar).Бас, бутун оламларнинг Парвардигори — Аллоҳга ҳамд бўлсинки, золим қавмнинг думлари қирқилди (ҳалок қилиндилар).

133-sahifa · 7-juz · 14-hizb133-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَقُطِعَbas, kesildiбас, кесилдиدَابِرُketiкетиٱلْقَوْمِqavmlarningқавмларнингٱلَّذِينَularуларظَلَمُوا۟ ۚzulm qilganзулм қилганوَٱلْحَمْدُva hamdlar boʻlsinва ҳамдлар бўлсинلِلَّهِAllohgaАллоҳгаرَبِّRobbiРоббиٱلْعَـٰلَمِينَolamlarningоламларнинг
TafsirТафсир

Shirk va kufrda yurgan qavmlar bitirildi. Oʻtgan ummatlar ichida bunday oqibatga duchor boʻlganlar koʻp. Nuh, Hud, Solih, Lut qavmlari, Rum, Fors va Sovet imperiyasi va boshqa imperiyalar shular jumlasidandir. Ularning hammasi bu dunyo neʼmatlariga gʻarq boʻlib, kufr «nashida»sini surayotgan chogʻlarida birdaniga baloga giriftor boʻldilar.

«Bas, zulm qilgan qavmlarning keti kesildi».

Zulm qilgan qavmlarga munosib jazoni bergan

«Olamlarning Robbisi Allohga hamdlar boʻlsin».

Bugun ham kufr va isyoniga qaramay, nozu neʼmatlarga gʻarq boʻlib, gʻururda yashayotganlardan ajablanmasa boʻladi. Ularning bu «tantana»lari abadiy emas. Ertaga nima boʻlishini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Ilgari ham, qalblari tosh qotib, tazurruʼ qilmay, shaytonning nayrangiga uchganlarga Alloh taolo «hamma narsaning eshigini ochib qoʻygan» edi. Bularga ham shunday qilmoqda. Oʻtgan qalbi qattiq kofirlarning oqibati maʼlum. Bugungi kofirlarning oqibati kutilyapti. Inshaalloh, bular ham Alloh tomonidan birdan tutiladilar.

Shuning uchun, kofir va osiylarning bu dunyo nozu neʼmatlariga botishlarini yaxshilik alomati deb boʻlmaydi va ularga havas ham qilib boʻlmaydi. Bu maʼnoda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan ham bir qancha hadislar vorid boʻlgan.

Imom Ahmad ibn Hanbal Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Alloh bir bandaga osiyligiga qaramay, u xohlagan narsalarni berayotganini koʻrsang, bilki, bu istidrojdir», deganlar. (Yaʼni, uni asta-sekin olishdir.) Soʻngra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Eslatilgan narsalarni unutgan chogʻlarida, ularga hamma narsaning eshigini ochib qoʻydik. Oʻzlariga berilgan narsadan xursand boʻlib turganlarida, ularni birdaniga tutdik. Bas, qarabsizki, butunlay noumid boʻldilar», oyati karimasini tilovat qildilar.

Imom Ibn Abi Hotim Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilishlaricha, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam quyidagilarni aytar edilar: «Agar Alloh bir qavmga boqiylikni va taraqqiyotni iroda qilsa, ularga tejamkorlikni va qanoatni beradi. Agar Alloh bir qavmni «kesmoqni» iroda qilsa, ularga xiyonat eshigini ochib qoʻyadi». «Oʻzlariga berilgan narsadan xursand boʻlib turganlarida, ularni birdaniga tutdik. Bas, qarabsizki butunlay noumid boʻldilar». «Bas, zulm qilgan qavmlarning keti kesildi. Olamlarning Robbisi Allohga hamdlar boʻlsin».

Imom Ahmad ibn Hanbal va boshqa hadis ulamolari ham bu rivoyatni keltirgan ekanlar.

Yuqoridagi oyatlarda mushrik va kofirlarga ibrat-eslatma boʻlsin uchun, ular tazarruʼ qilsinlar uchun, umumiy balo-ofatlar ila qavmlar va ummatlar tutilgani zikr qilingan edi. Keyingi oyatda esa, ulardan har birining tana aʼzolarini mubtalo qilishi ham borligini eslatmoqda: