قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِنْ أَخَذَ ٱللَّهُ سَمْعَكُمْ وَأَبْصَـٰرَكُمْ وَخَتَمَ عَلَىٰ قُلُوبِكُم مَّنْ إِلَـٰهٌ غَيْرُ ٱللَّهِ يَأْتِيكُم بِهِ ۗ ٱنظُرْ كَيْفَ نُصَرِّفُ ٱلْـَٔايَـٰتِ ثُمَّ هُمْ يَصْدِفُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga: «Ayting-chi, agar Alloh quloq va ko`zlaringizni olib qo`ysa, qalblaringizga muhr bossa, Allohdan o`zga qaysi iloh uni sizga beradi», degin. Biz oyatlarni qanday keltirishimizga, so`ngra ularning qanday yuz o`girib ketishiga nazar sol.Уларга: «Айтинг-чи, агар Аллоҳ қулоқ ва кўзларингизни олиб қўйса, қалбларингизга муҳр босса, Аллоҳдан ўзга қайси илоҳ уни сизга беради», дегин. Биз оятларни қандай келтиришимизга, сўнгра уларнинг қандай юз ўгириб кетишига назар сол.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Xabar beringiz-chi, agar Alloh quloq va koʻzlaringizni tortib olsa va dillaringizni muhrlab qoʻysa, Allohdan oʻzga qaysi bir iloh u aʼzolarni sizlarga keltirib berur?» Qarang, Biz oyatlarni qanday bayon qilmoqdamiz, soʻngra ular yuz oʻgirmoqdalar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Хабар берингиз-чи, агар Аллоҳ қулоқ ва кўзларингизни тортиб олса ва дилларингизни муҳрлаб қўйса, Аллоҳдан ўзга қайси бир илоҳ у аъзоларни сизларга келтириб берур?» Қаранг, Биз оятларни қандай баён қилмоқдамиз, сўнгра улар юз ўгирмоқдалар.
Alloh taolo Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga amr qilib, mushriklarga ularning koʻzini ochadigan savol berishni buyurmoqda. Ularning tanasidagi baʼzi aʼzolar haqida oʻylab koʻrishga chaqir, demoqda:
«Ularga: «Ayting-chi, agar Alloh quloq va koʻzlaringizni olib qoʻysa, qalblaringizga muhr bossa, Allohdan oʻzga qaysi iloh uni sizga beradi», degin».
Quloq hamma insonda bor. Har lahzada insonning bu aʼzoga ishi tushib turadi. Bu odatiy hol boʻlganidan odam uning ahamiyatini koʻpincha unutib qoʻyadi. Ammo, har bir inson aqlini joyiga qoʻyib, insof ila oʻylab koʻrsin-chi, quloq deb atalmish muhim bir aʼzoni unga kim bergan? Turli sadolarni qabul qiladigan, ularga qarab kimning, nimaning ovozi ekanligini ajratib oladigan va yana shunga oʻxshash koʻplab narsalarga xizmat qiladigan aʼzoni unga kim bergan? Allohdan boshqa biror zot unga quloq bera oladimi? Quloqning tuzilishi, uning ovozlarni eshitish va farqlash jarayonining oʻzi Allohning Xoliqligiga va uning cheksiz qudratiga dalil emasmi? Har bir maxluqqa quloq ato qilish u yoqda tursin, butun dunyo birlashib bor imkoniyatlarini ishga solganda ham, bir dona quloq yarata olmaydi. Ojiz va notavon inson esa, Alloh bergan aql va ilmni ishlatib, Alloh bergan quloqqa tushgan pardani olib qoʻyishni «moʻʼjiza» deb, hovliqib yuribdi. Koʻz, qalb va boshqa aʼzolar haqida ham har qancha gapirsa boʻladi. Bu boradagi mutaxassislar fikridan ogoh odam yaxshi tushunadi. Qurʼoni Karimning maqsadi–inson ushbu haqiqatga insof nazari bilan qarab, har biri oʻziga vaʼz-nasihat olishi va oʻsha aʼzolarni bergan Zotga iymon keltirib, unga ibodat qilishidir. Ammo kofir va mushriklar ibrat olmaydilar. Alloh keltirgan hujjat- dalillar boshqa yoqda qolib, ular boshqa tomonga yoʻl soladilar.
«Biz oyatlarni qanday keltirishimizga, soʻngra ularning qanday yuz oʻgirib ketishiga nazar sol».