قُلْ أَرَءَيْتَكُمْ إِنْ أَتَىٰكُمْ عَذَابُ ٱللَّهِ بَغْتَةً أَوْ جَهْرَةً هَلْ يُهْلَكُ إِلَّا ٱلْقَوْمُ ٱلظَّـٰلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga: «Ayting-chi, agar sizga Allohning azobi birdaniga yoki ochiqchasiga kelsa, zolim qavmlargina halok qilinadilar-ku!» – deb ayt.Уларга: «Айтинг-чи, агар сизга Аллоҳнинг азоби бирданига ёки очиқчасига келса, золим қавмларгина ҳалок қилинадилар-ку!» – деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Xabar beringiz-chi, agar sizlarga Allohning azobi toʻsatdan yoki ochiqdan-ochiq (yaʼni, kechasi yoki kunduzi) kelsa, zolim qavmdan oʻzga birov halok qilinurmi?! (Yoʻq, faqat zolim qavm, yaʼni sizlar halok qilinursizlar).Айтинг: «Хабар берингиз-чи, агар сизларга Аллоҳнинг азоби тўсатдан ёки очиқдан-очиқ (яъни, кечаси ёки кундузи) келса, золим қавмдан ўзга биров ҳалок қилинурми?! (Йўқ, фақат золим қавм, яъни сизлар ҳалок қилинурсизлар).
Zolimlardan murod–mushrik-kofirlar. Ularga Allohning azobi kelishi muqarrar. Bunga hech qanday shubha yoʻq. Qachon va qayerda boʻlmasin–ertami-kechmi, tunmi-kunduzmi, tuyqusdanmi, asta-sekinmi, maxfiymi, ochiqchasigami–baribir keladi. Allohning azobi kelganda, zolim qavmlargina halok qilinadilar. Bas, shunday ekan, Allohning azobi kelmay turib oʻzlarini oʻnglasalar, iymon va Islom yoʻliga yursalar, boʻlmaydimi?
Keyingi oyatlarda Paygʻambarlarni yuborishdan asosiy maqsad turli moʻʼjizalar zohir qilish emasligi, ularning vazifasi boshqaligi bayon qilinadi: