QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят48

وَمَا نُرْسِلُ ٱلْمُرْسَلِينَ إِلَّا مُبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ ۖ فَمَنْ ءَامَنَ وَأَصْلَحَ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz Payg`ambarlarni faqat bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yuborurmiz. Kim iymon keltirib, amali solih qilsa, ularga xavfu xatar yo`q va ular ranjimaslar.Биз Пайғамбарларни фақат башорат берувчи ва огоҳлантирувчи қилиб юборурмиз. Ким иймон келтириб, амали солиҳ қилса, уларга хавфу хатар йўқ ва улар ранжимаслар.Alauddin Mansour: Biz paygʻambarlarni faqat (jannat haqida) xushxabar eltguvchi va (doʻzax azobidan) ogohlantirguvchi boʻlgan hollardagina yuboramiz. Bas, kimlar iymon keltirib, (oʻzlarini) tuzatsalar, ularga xavfu xatar yoʻqdir va ular gʻamgin boʻlmaslar.Биз пайғамбарларни фақат (жаннат ҳақида) хушхабар элтгувчи ва (дўзах азобидан) огоҳлантиргувчи бўлган ҳоллардагина юборамиз. Бас, кимлар иймон келтириб, (ўзларини) тузатсалар, уларга хавфу хатар йўқдир ва улар ғамгин бўлмаслар.

133-sahifa · 7-juz · 14-hizb133-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасنُرْسِلُyuboramizюборамизٱلْمُرْسَلِينَPaygʻambarlarniПайғамбарларниإِلَّاfaqatфақатمُبَشِّرِينَbashorat beruvchiбашорат берувчиوَمُنذِرِينَ ۖva ogohlantiruvchiва огоҳлантирувчиفَمَنْbas, kimбас, кимءَامَنَiymon keltirsaиймон келтирсаوَأَصْلَحَva amali solih qilsaва амали солиҳ қилсаفَلَاbas, yoʻqбас, йўқخَوْفٌxavfu xatarхавфу хатарعَلَيْهِمْulargaуларгаوَلَاva emasва эмасهُمْularуларيَحْزَنُونَranjiydilarранжийдилар
TafsirТафсир

Demak, Paygʻambar alayhissalomlarning asosiy vazifalari yaxshilik yoʻliga–iymon, Islom yoʻliga yurganlarga bashorat berish va yomonlikdan–shirk-kufrdan ogohlantirishdir. Qisqasi, kishilarni Allohning yoʻliga boshlash va ularni tarbiya qilishdir.

«Biz Paygʻambarlarni faqat bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yuborurmiz».

Odamlarning vazifasi esa, ularga iymon keltirish, ergashish va ular koʻrsatgan yaxshi amallarni ado etishdir.

«Kim iymon keltirib, amali solih qilsa, ularga xavfu xatar yoʻq va ular ranjimaslar».

Iymonlari va amali solihlari tufayli Allohning fazli ila jannatga doxil boʻladilar. Ularga kelajakda xavfu xatar yoʻq. Iymon va amali solih bilan kechgan umrlari saodatli boʻlgani uchun oʻtmishlarini eslaganda xafa boʻlmaydilar.

Ammo, hamma ham iymon keltirib, amali solih qilavermaydi. Tabiiyki, unday kimsalarning holi ham boshqacha boʻladi.