وَٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا يَمَسُّهُمُ ٱلْعَذَابُ بِمَا كَانُوا۟ يَفْسُقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlarni, fosiqlik qilganlari uchun, azob tutadir.Оятларимизни ёлғонга чиқарганларни, фосиқлик қилганлари учун, азоб тутадир.Alauddin Mansour: Bizning oyatlarimizni yolgʻon degan kimsalar esa itoatsiz boʻlganlari sababli azobga giriftor boʻlurlar.Бизнинг оятларимизни ёлғон деган кимсалар эса итоатсиз бўлганлари сабабли азобга гирифтор бўлурлар.
Kofir va osiylarni qilgan gunohlari evaziga azob tutadi. Kimniki azob tutsa, halok boʻladi.
Paygʻambarlarning vazifasi yuqorida zikr etildi. Shuningdek, ularga iymon keltirganlarning ham, kufr keltirganlarning ham oqibatlari aytib oʻtildi. Kelasi oyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, u kishidan turli ajoyibot va moʻʼjizalar koʻrsatishni talab qilayotgan mushriklarga va boshqa kofirlarga oʻzlarining kim ekanliklarini, Paygʻambar boʻlsalar ham, bashar farzandi ekanliklari va basharlik chegarasidan chiqmaganliklarini bayon etish buyuriladi: