QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят7

وَلَوْ نَزَّلْنَا عَلَيْكَ كِتَـٰبًا فِى قِرْطَاسٍ فَلَمَسُوهُ بِأَيْدِيهِمْ لَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِنْ هَـٰذَآ إِلَّا سِحْرٌ مُّبِينٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar senga qog`oz — kitob tushirsak, uni qo`llari bilan ushlab ko`rishsa ham, kufr keltirganlar: «Bu aniq sehrdan o`zga hech narsa emas», derlar.Агар сенга қоғоз — китоб туширсак, уни қўллари билан ушлаб кўришса ҳам, куфр келтирганлар: «Бу аниқ сеҳрдан ўзга ҳеч нарса эмас», дерлар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), agar sizga qogʻozga (yozilgan) bir maktub tushirsak va uni qoʻllari bilan ushlab koʻrsalar ham kofir boʻlgan kimsalar: Bu ochiq sehrdan oʻzga narsa emas!, degan boʻlur edilar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), агар сизга қоғозга (ёзилган) бир мактуб туширсак ва уни қўллари билан ушлаб кўрсалар ҳам кофир бўлган кимсалар: Бу очиқ сеҳрдан ўзга нарса эмас!, деган бўлур эдилар.

128-sahifa · 7-juz · 13-hizb128-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَوْva agarва агарنَزَّلْنَاtushirsakтуширсакعَلَيْكَsengaсенгаكِتَـٰبًۭاbitilgan kitobniбитилган китобниفِى-da-даقِرْطَاسٍۢqogʻozdaқоғоздаفَلَمَسُوهُuni ushlab koʻrishsa hamуни ушлаб кўришса ҳамبِأَيْدِيهِمْqoʻllari bilanқўллари биланلَقَالَalbatta derlarалбатта дерларٱلَّذِينَularуларكَفَرُوٓا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларإِنْemasэмасهَـٰذَآbuбуإِلَّاoʻzga hech narsaўзга ҳеч нарсаسِحْرٌۭsehrdanсеҳрданمُّبِينٌۭaniqаниқ
TafsirТафсир

Chunki, ularda aslan haqiqatni anglash mayli yoʻq. Ular nima qilib boʻlsa-da, inkor qilishning yoʻlini axtaradilar. Ushbu talabni qoʻyishning oʻzi ham ortiqcha. Agar ular haqiqatga yetish istagida boʻlsalar edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oralarida borliklarining oʻzi kifoya qilardi. Barchalarining eʼtirofiga koʻra umrida bir ogʻiz ham yolgʻon soʻz soʻylamagani bilan mashhur boʻlgan, mushriklarning oʻzlari «Amin» degan laqab qoʻygan zot qirq yoshidan keyin Allohning nomidan yolgʻon gapirar edimi? Agar ular haqiqatga yetish istagida boʻlsalar, Qurʼoni Karimning ogʻzaki shaklda nozil boʻlib turganining oʻzi ham yetar edi. Ular Qurʼoning balogʻati va fasohatini, gʻayrioddiy uslubini koʻribeshitib, «Bu, basharning soʻzi emas», deydilar-da, nega endi qogʻozga yozilgan shaklda tushishini talab qilib qoladilar? Haqiqatni istaganlaridanmi? Yoʻq, ularda bunday maqsad yoʻq. Faraz qilaylik, ularning Qurʼonga nisbatan shak va shubhalarini ketkazish uchun:

«Agar senga qogʻoz-kitob tushirsak, uni qoʻllari bilan ushlab koʻrishsa ham», iymonga kelmaydilar. Toʻgʻri yoʻlga tushib olmaydilar. Chunki, aslida haqiqatga yetmoqchi emaslar. Shuning uchun, ularning talablaridan ham aniqroq moʻʼjiza sodir boʻlganda:

«Bu, aniq sehrdan oʻzga hech narsa emas», deydilar».

Yana: