QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят8

وَقَالُوا۟ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ مَلَكٌ ۖ وَلَوْ أَنزَلْنَا مَلَكًا لَّقُضِىَ ٱلْأَمْرُ ثُمَّ لَا يُنظَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Agar unga farishta tushirilsa edi», dedilar. Agar farishta tushirsak, ish bitdi hisob. So`ngra ularga qarab turilmas.Улар: «Агар унга фаришта туширилса эди», дедилар. Агар фаришта туширсак, иш битди ҳисоб. Сўнгра уларга қараб турилмас.Alauddin Mansour: Unga (yaʼni, Muhammadga paygʻambarligini tasdiq etadigan) biron farishta tushsa edi, dedilar. Agar farishta tushirsak, ish tugatilgan boʻlur edi. Soʻngra ularga qarab turilmas — muhlat berilmas.Унга (яъни, Муҳаммадга пайғамбарлигини тасдиқ этадиган) бирон фаришта тушса эди, дедилар. Агар фаришта туширсак, иш тугатилган бўлур эди. Сўнгра уларга қараб турилмас — муҳлат берилмас.

128-sahifa · 7-juz · 13-hizb128-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالُوا۟va dedilarва дедиларلَوْلَآnegaнегаأُنزِلَtushirilmadiтуширилмадиعَلَيْهِungaунгаمَلَكٌۭ ۖbir farishtaбир фариштаوَلَوْva agarва агарأَنزَلْنَاtushirsakтуширсакمَلَكًۭاfarishtaфариштаلَّقُضِىَalbatta bitgan boʻlar ediалбатта битган бўлар эдиٱلْأَمْرُishишثُمَّsoʻngraсўнграلَاemasэмасيُنظَرُونَularga qarab turilarуларга қараб турилар
TafsirТафсир

Bu oyatda kofir-mushriklar Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Paygʻambarliklariga shubha qilishlari haqida soʻz bormoqda. Ular, Muhammadning Paygʻambarligini tasdiqlab, osmondan farishta tushsagina, uning gaplariga ishonamiz, qabilida daʼvolar qilishgan edi. Bu ham avvalgi oyatdagi talabga oʻxshab haqiqatni bilish istagidan emas, sarkashliklarining jilovsizligidan kelib chiqqan edi.

«Ular: «Agar unga farishta tushirilsa edi», dedilar».

Ammo, bu talab naqadar xatarli ekanligini anglab yetmadilar. Odatda, Alloh taolo Paygʻambarini yolgʻonchi qilgan qavmga farishta tushiradigan boʻlsa, faqat ularni yer bilan yakson qilish uchungina tushiradi.

«Agar farishta tushirsak, ish bitdi hisob. Soʻngra ularga qarab turilmas».

Barchalari halok etilib, yer bilan yakson qilinur.