وَلَوْ جَعَلْنَـٰهُ مَلَكًا لَّجَعَلْنَـٰهُ رَجُلًا وَلَلَبَسْنَا عَلَيْهِم مَّا يَلْبِسُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar uni farishta qilsak ham, erkak qilgan bo`lar edik va o`zlari mushkullashtirgan narsani ularga yana ham mushkullashtirar edik.Агар уни фаришта қилсак ҳам, эркак қилган бўлар эдик ва ўзлари мушкуллаштирган нарсани уларга яна ҳам мушкуллаштирар эдик.Alauddin Mansour: Agar uning (paygʻambarning) oʻzini farishta qilsak ham, uni er kishi (yaʼni, inson suratida) qilgan va ularga noaniq holda turgan narsani yana xiralashtirgan boʻlur edik.Агар унинг (пайғамбарнинг) ўзини фаришта қилсак ҳам, уни эр киши (яъни, инсон суратида) қилган ва уларга ноаниқ ҳолда турган нарсани яна хиралаштирган бўлур эдик.
Kofir-mushriklar odam Paygʻambarga ishonmay, uni tasdiqlovchi farishta ham tushishini daʼvo qilib, ishni mushkullashtirdilar. Shu bilan birga, ular farishtalar haqidagi tasavvurni ham, farishtalar–ayol, ular Allohning qizlaridir, degan aqiyda bilan mushkullashtirgan edilar. Shuning uchun ham, ularning Paygʻambarlikni tasdiq etish uchun farishta tushirish iddaolari qondirilsa, ular uchun mushkulot yana ham ogʻirlashgan boʻlar edi.
«Agar uni farishta qilsak ham, erkak qilgan boʻlar edik».
Yaʼni, ular eʼtiqod qilganlaridek, osmondan Paygʻambarni tasdiqlash uchun yuborilgan farishta ayol suvratida boʻlmas edi. Buni koʻrgan mushriklar farishta boʻlsa, ayol boʻlishi kerak edi, bu ham boshqa bir narsa shekilli, deb turli xom xayollar bilan chalgʻir edilar. Natijada:
«...oʻzlari mushkullashtirgan narsani ularga yana ham mushkullashtirar edik».
Bu esa, oʻz navbatida, ularni yanada qattiqroq iqobga duchor qilar edi.
Keyingi oyat mushriklardan ozor tortgan Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga tasalli boʻlib kelmoqda: