QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят10

وَلَقَدِ ٱسْتُهْزِئَ بِرُسُلٍ مِّن قَبْلِكَ فَحَاقَ بِٱلَّذِينَ سَخِرُوا۟ مِنْهُم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sendan oldingi Payg`ambarlar ham istehzo qilinganlar. Ularni masxara qilganlarni qilgan istehzolari o`z domiga tortgan.Сендан олдинги Пайғамбарлар ҳам истеҳзо қилинганлар. Уларни масхара қилганларни қилган истеҳзолари ўз домига тортган.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizdan avval oʻtgan paygʻambarlarning ustidan ham kulingan. Soʻng ularni masxara qilgan kimsalarni oʻsha kulgilari oʻrab, (domiga tortib) ketgan (yaʼni, halok qilgan).(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиздан аввал ўтган пайғамбарларнинг устидан ҳам кулинган. Сўнг уларни масхара қилган кимсаларни ўша кулгилари ўраб, (домига тортиб) кетган (яъни, ҳалок қилган).

129-sahifa · 7-juz · 13-hizb129-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدِva batahqiqва батаҳқиқٱسْتُهْزِئَistehzo qilinganlarистеҳзо қилинганларبِرُسُلٍۢPaygʻambarlarПайғамбарларمِّن-dan-данقَبْلِكَsendan oldingiсендан олдингиفَحَاقَbas, domiga tortdiбас, домига тортдиبِٱلَّذِينَoʻshalarniўшаларниسَخِرُوا۟masxara qilganlarniмасхара қилганларниمِنْهُمulardanуларданمَّاnarsaнарсаكَانُوا۟ular ediулар эдиبِهِۦuniуниيَسْتَهْزِءُونَistehzo qilarистеҳзо қилар
TafsirТафсир

Yaʼni, ey Paygʻambar, qavming mushriklarining senga qilayotgan kirdikorlaridan ozor chekma, bu koʻhna odat, ushbu mushriklarga oʻxshash sarkash, befahm gunohkorlar oldin ham boʻlgan va ular tomonidan:

«Sendan oldingi Paygʻambarlar ham istehzo qilinganlar».

Bu borada sen yolgʻiz emassan. Shu bilan birga, seni istehzo qilayotgan kofiru mushriklar bilib qoʻysinlarki, Alloh taolo tomonidan kelgan Paygʻambarlarga bu zayl yomon muomala qilib boʻlmaydi. Chunki, tarixga nazar soladigan boʻlsak, doimo:

«Ularni masxara qilganlarni, qilgan istehzolari oʻz domiga tortgan!»

Yaʼni, shu tufayli halokatga uchraganlar. Agar ishonmaydigan boʻlsalar, ularga: