QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят11

قُلْ سِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ ثُمَّ ٱنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلْمُكَذِّبِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Er yuzida sayr qilingiz, so`ngra yolg`onchi qiluvchilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solingiz», deb ayt.«Ер юзида сайр қилингиз, сўнгра ёлғончи қилувчиларнинг оқибати қандай бўлганига назар солингиз», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: Yerni aylanib sayru sayohat qilinglar, soʻngra (paygʻambarlarni) yolgʻonchi qilguvchilarning oqibati qandoq boʻlganini koʻringlar.Айтинг: Ерни айланиб сайру саёҳат қилинглар, сўнгра (пайғамбарларни) ёлғончи қилгувчиларнинг оқибати қандоқ бўлганини кўринглар.

129-sahifa · 7-juz · 13-hizb129-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْsen aytсен айтسِيرُوا۟sayr qilingizсайр қилингизفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuzidaер юзидаثُمَّsoʻngraсўнграٱنظُرُوا۟nazar solingizназар солингизكَيْفَqandayқандайكَانَboʻlganigaбўлганигаعَـٰقِبَةُoqibatiоқибатиٱلْمُكَذِّبِينَyolgʻonchi qiluvchilarningёлғончи қилувчиларнинг
TafsirТафсир

Ushbu oyati karima nozil boʻlgunga qadar insoniyat yer yuzida savdo-sotiq, urush-bosqinchilik va maishat istab, sayr-safar qilar edi. Bunday yurishlarning hammasi ham dunyo matosi uchun boʻlardi. Ushbu oyati karima insoniyatni yangi bir nazariyaga, yangi bir burilishga daʼvat qilmoqda. U ham boʻlsa, ibrat olish, hidoyat yoʻliga tushish uchun foyda beradigan safar lozimligini taʼkidlamoqda. Maʼrifiy safar qiluvchi oʻz safari davomida oʻtgan ajdodlar yashagan joylarni koʻrib, hidoyatga yurmagan, Paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqarganlarning oqibati nima bilan tugaganiga diqqat bilan eʼtibor berib, oʻziga tegishli ibrat olishi lozim..

Darhaqiqat, yer yuzining qayeriga borilsa, tarixiy osori atiyqalar va boshqa omillar oʻrganilsa, kufru shirk, gunoh va isyon bilan oʻtganlarning oqibati voy boʻlgani ravshan koʻrinadi. Islomdagi sayru sayohat ham shu maʼnoda ibrat safari, hidoyat yoʻliga tomon yoʻllanish safari boʻladi. Hozirda maʼrifiy maʼnodagi safarlar koʻpaydi, ammo, ushbu oyatda koʻzlanganidek, ibrat olish uchun emas. Hozirgi safarlar josuslik, oʻyin-kulgu, harom-xarish ishlar, bir-birining ustidan kibrlanish kabi qilmishlarga xizmat etmoqda.

Avvalgi oyatlarda dunyoning yagona yaratguvchisi borligi, Paygʻambarlik haq ekani, oʻtganlardan ibrat olish lozimligi kabi masalalar bayon qilingandi, endi kofir-mushriklarning oʻzlariga murojaat qilib, ularni haqiqat bilan yuzma-yuz qoʻyishga undovchi oyatlar keladi: