QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят12

قُل لِّمَن مَّا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ قُل لِّلَّهِ ۚ كَتَبَ عَلَىٰ نَفْسِهِ ٱلرَّحْمَةَ ۚ لَيَجْمَعَنَّكُمْ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَـٰمَةِ لَا رَيْبَ فِيهِ ۚ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Osmonlar va yerdagi narsalar kimniki?» – deb ayt! «Allohniki», deb ayt! U O`ziga O`zi rahmatni yozib qo`ygan. Sizlarni bo`lishida shubha yo`q qiyomat kuni albatta jamlaydir. O`ziga o`zi ziyon keltiruvchilargina, o`shalargina iymon keltirmaslar.«Осмонлар ва ердаги нарсалар кимники?» – деб айт! «Аллоҳники», деб айт! У Ўзига Ўзи раҳматни ёзиб қўйган. Сизларни бўлишида шубҳа йўқ қиёмат куни албатта жамлайдир. Ўзига ўзи зиён келтирувчиларгина, ўшаларгина иймон келтирмаслар.Alauddin Mansour: Ayting (soʻrang): «Osmonlar va Yerdagi narsalar kimniki?» Ayting: «Allohniki». U Oʻz ustiga osmonu Yerdagi bor mavjudotga rahmat-marhamat qilishni yozib qoʻygandir. U albatta sizlarni hech shak-shubhasiz, boʻlgan Qiyomat Kuniga toʻplaydi. Faqat oʻzlariga ziyon qilgan kimsalargina iymon keltirmaydilar.Айтинг (сўранг): «Осмонлар ва Ердаги нарсалар кимники?» Айтинг: «Аллоҳники». У Ўз устига осмону Ердаги бор мавжудотга раҳмат-марҳамат қилишни ёзиб қўйгандир. У албатта сизларни ҳеч шак-шубҳасиз, бўлган Қиёмат Кунига тўплайди. Фақат ўзларига зиён қилган кимсаларгина иймон келтирмайдилар.

129-sahifa · 7-juz · 13-hizb129-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلsen aytсен айтلِّمَنkimnikiкимникиمَّاnarsalarнарсаларفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlardagiосмонлардагиوَٱلْأَرْضِ ۖva yerdagiва ердагиقُلsen aytсен айтلِّلَّهِ ۚAllohnikiАллоҳникиكَتَبَyozib qoʻyganёзиб қўйганعَلَىٰustigaустигаنَفْسِهِOʻziga OʻziЎзига Ўзиٱلرَّحْمَةَ ۚrahmatniраҳматниلَيَجْمَعَنَّكُمْalbatta sizlarni jamlaydirалбатта сизларни жамлайдирإِلَىٰ-ga-гаيَوْمِkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِqiyomatқиёматلَاyoʻqйўқرَيْبَshubhaшубҳаفِيهِ ۚundaундаٱلَّذِينَularуларخَسِرُوٓا۟ziyon keltirganlarзиён келтирганларأَنفُسَهُمْoʻzlariga oʻzlariўзларига ўзлариفَهُمْbas, oʻshalarбас, ўшаларلَاemasэмасيُؤْمِنُونَiymon keltirarиймон келтирар
TafsirТафсир

Ajoyib savol. Allohning sherigi bor, deya eʼtiqod qilib, baʼzi ishlarni oʻsha but va sanam yoki boshqa narsalarni rozi etish uchun qilayotgan mushriklarga, ularning yuzlariga tik qarab turib berilgan savol.

«Osmonlar va yerdagi narsalar kimniki?»

Ular avval bu savolga javob bersinlar-chi, keyin kimga qanday ibodat qilish, boʻysunish, uning roziligini topish uchun jahd qilish kerakligi oʻylab koʻriladi.

«Osmonlar va yerdagi narsalar kimniki?»

Yogʻochdan yasalgan butnikimi yoki toshdan oʻyilgan sanamnikimi? «Muqaddas xudo» deb, qoʻyib yuborilgan sigirnikimi, quyosh yoxud oynikimi? Agar haqiqatan ham oʻshalarniki yoki ulardan biroviniki boʻlsa, unda oʻshanga sigʻinish, uning aytganini qilib yashash va uning roziligini topishga urinish lozim boʻladi. Tabiiyki, mushrik va kofirlar bu savolga javob bera olmaydilar. Agar bersalar ham, «Allohniki» deb, javob beradilar. Shuning uchun, ey Paygʻambari oxiri zamon, oʻzing,

«Allohniki», deb ayt!...»

Xuddi shu savolni bugungi kunning kofir, mushrik va xudosizlariga berish lozim. Burungi kofirlar Allohning hukmiga boshqalarni sherik deb adashgan boʻlsalar, hozirgi kofirlar Allohning hukmini butunlay inkor qilib kufrga yuz tutdilar.

Osmonlar va yerdagi narsalar Allohning mulki boʻlishi bilan birga:

«U Oʻziga Oʻzi rahmatni yozib qoʻygan».

Aslida, yagona Alloh Xoliq, Molik va Hokim sifatida nima qilsa, haqqi bor edi. Ammo Oʻz fazli ila Oʻziga Oʻzi rahimlilikni, mehru shafqatni yozib qoʻygan. Alloh taolo Rohman va Rohiymdir, Oʻz maxluqotlari bilan qiladigan muomalasi ana shu qoida–rahim-shafqat va muruvvat asosida boʻlishi lozimligini iroda etgan. Hatto bandalarga yetgan baʼzi musiybatlar ham, oqibati oʻylansa, rahim va shafqatdandir. Umuman, islomiy tasavvurda Alloh taoloning olamlarga qiladigan barcha muomalasi rahim-shafqat asosidadir.

Imom Buxoriy va imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo maxluqotlarni yaratganda Arshi ustidagi kitobga: «Rahmatim gʻazabimdan gʻolibdir», deb yozib qoʻygan», deganlar.

Yana ushbu ikki ulugʻ imom Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilgan boshqa bir rivoyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Alloh rahmatini yuz boʻlak qilgan. Toʻqson toʻqqiztasini olib qolib, bittasini yer yuziga tushirgan. Ana oʻsha boʻlak tufayli maxluqlar bir-biroviga rahim qiladilar. Hayvonlar oʻz bolasini bosib olmay deb, oyoqlarini koʻtarib olishi ham oʻshandan», deganlar.

Ushbu asosiy qoidadan kelib chiqib, Islomda rahim-shafqat masalasiga keng qaraladi. Dunyodagi barcha mavjudotlarga rahim- shafqat qilish, ular orasida oʻzaro mehribonlik boʻlishi lozimligiga alohida eʼtibor beriladi.

Imom Termiziy Amr ibn Osning oʻgʻillaridan qilgan rivoyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Rahimlilarga Alloh taolo rahim qiladi. Yerdagilarga rahim qiling. Sizga osmondagi Zot rahim qiladi», deganlar.

Buyuk imomlar Buxoriy, Muslim va Termiziy Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Odamlarga rahim qilmaydigan odamga Alloh taolo rahim qilmaydi», deganlar.

Imom Termiziy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda esa, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Rahimdillik faqat badbaxtning qalbidangina sugʻurib olinadi», deganlar. Demak, rahimdillik saodatmandlik alomati boʻlsa, rahimsizlik badbaxtlik alomatidir.

Imom Buxoriy va imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda quyidagilar zikr qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazrati Alining oʻgʻillari Hasanni al-Aqraʼ ibn Hobisning oldida oʻpdilar. Al-Aqraʼ buni koʻrib:

«Mening oʻnta farzandim bor, ammo birortasini ham oʻpganim yoʻq», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga bir nazar soldilar-da:

«Rahim qilmagan rahim koʻrmaydi», dedilar.

Islom insonlarga rahim-shafqat koʻrsatish hududidan chiqib, butun mavjudotga rahim qilish shiorini olgʻa suradi. Musulmon inson borliqdagi barcha narsalarga rahimli boʻlishi zarurligini taʼkidlaydi.

Imom Buxoriy, Muslim va Moliklar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam quyidagilarni aytadilar:

«Bir odam yoʻlda ketayotib qattiq chanqadi. Bir quduqni topib, unga tushib suv ichdi. Keyin qaytib chiqib, chanqoqligidan tuproqni yalayotgan itni koʻrdi. Bu it ham menga oʻxshab chanqabdi, dedi. Quduqqa tushib, mahsisini suvga toʻldirdi va ogʻziga tishlab qaytib chiqdi. Itga suv berdi. Alloh taolo uni magʻfirat qildi». Sahobalar:

«Ey, Allohning Rasuli! Bizga hayvonlarda ham ajr bormi?»– deb soʻradilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Har bir jigari borda ajr bor», dedilar.

Imom Abu Dovud Abdurrohman ibn Abdullohning otalaridan rivoyat qilgan hadisda quyidagilar zikr qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga safarda edik. Bir qushni ikki bolasi bilan koʻrdik va bolalarini oldik. Shunda qush kelib girdikapalak boʻlib ucha boshladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yetib keldilar-da:

«Bu qushni kim bolasi tufayli fojeaga uchratdi? Unga bolasini qaytarib beringlar», dedilar. Chumolining uyasiga oʻt qoʻygan edik. Uni koʻrib qolib:

«Bunga kim oʻt qoʻydi?»–dedilar.

«Biz», dedik.

«Oʻt-olov bilan azoblashga faqat oʻt-olov Robbisining haqqi bor, xolos», dedilar u zot.

Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Bir chumoli Allohning Paygʻambarlaridan birini chaqib olganida, amr qilib, chumolining uyasini kuydirgan ekan. Shunda Alloh taolo oʻsha Paygʻambarga vahiy yuborib: «Bir chumoli seni chaqqani uchun, tasbeh aytib turgan ummatlardan bir ummatni kuydirdingmi», degan ekan», dedilar.

Bu mavzuda qancha gapirsak, oz. Fiqh kitoblarimizda hayvon sogʻuvchilar tirnoqlarini olishlari lozimligi, sogʻilayotgan hayvonning yeliniga zarar yetkazmaslik kerakligi, hayvonlarni qiynab, ularga ogʻir yuk yuklash, och qoldirish mumkin emasligi va shunga oʻxshash taʼlimotlar ipidan-ignasigacha bayon qilingan. Shu ham Islom rahim-shafqat dini ekaniga dalildir.

«Sizlarni boʻlishida shubha yoʻq qiyomat kuni albatta jamlaydir».

Qurʼoni Karim nozil boʻlishidan oldin arab mushriklari hozirgi kofir, dinsiz va mushriklarga oʻxshab, qiyomat kuni boʻlishiga ishonmas edilar. Shuning uchun ham, ularga bu haqiqat taʼkidlab uqtirilmoqda. Islomda qiyomat kuniga, ul kunda sodir boʻladigan hodisalarga ishonish–iymon keltirish aqiydaning asosiy ruknlaridan hisoblanadi. Busiz inson oʻzini moʻmin-musulmon deya olmaydi. Qiyomat kuniga iymon keltirgan odam yomonliklardan saqlanib, yaxshiliklarni amalga oshiradi. Qiyomat kuniga:

«Oʻziga oʻzi ziyon keltiruvchilargina, oʻshalargina iymon keltirmaslar».

Kelasi oyati karimada ham Alloh taoloning ulugʻvorlik vasflari davom etadi.