۞ وَلَهُۥ مَا سَكَنَ فِى ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kechada va kunduzda sokin bo`lganlar Unikidir. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.Кечада ва кундузда сокин бўлганлар Уникидир. У эшитгувчи ва билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Kecha va kunduzga jo boʻlgan bor narsa Uningdir. U eshitguvchi, bilguvchidir.Кеча ва кундузга жо бўлган бор нарса Унингдир. У эшитгувчи, билгувчидир.
Bu oyatda zamonga doxil barcha narsalar Allohning mulki ekanligi bayon qilinmoqda. Avval «osmonlaru yer», deb barcha makonlardagi narsalar Allohning mulki ekanligi bayon qilingan edi. Kecha va kunduz esa, barcha vaqtni oʻz ichiga olgandir.
«Kechada va kunduzda sokin boʻlganlar Unikidir».
Demak, Alloh taolo barcha makonlardagi va barcha zamonlardagi narsalarning Molikidir. U makon va zamonda kechayotgan barcha voqeahodisalarni koʻrib, bilib, eshitib turadi.
«U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir».
Ana shunday sifatlarga ega boʻlgan Allohni qoʻyib: