قُلْ أَغَيْرَ ٱللَّهِ أَتَّخِذُ وَلِيًّا فَاطِرِ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَهُوَ يُطْعِمُ وَلَا يُطْعَمُ ۗ قُلْ إِنِّىٓ أُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ أَوَّلَ مَنْ أَسْلَمَ ۖ وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Allohdan o`zgani valiy — do`st qilib olamanmi? U osmonlaru yerni yaratguvchidir. U taom beradi va taomlanmaydi», deb ayt. «Men avvalgi taslim bo`luvchi bo`lmoqqa amr qilindim va menga hech mushriklardan bo`lmagin, deb aytildi», deb ayt.Сен: «Аллоҳдан ўзгани валий — дўст қилиб оламанми? У осмонлару ерни яратгувчидир. У таом беради ва таомланмайди», деб айт. «Мен аввалги таслим бўлувчи бўлмоққа амр қилиндим ва менга ҳеч мушриклардан бўлмагин, деб айтилди», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Oʻzi rizqlanmay (taomlanmay barchani taomlantirgan) holida osmonlar va Yerning yaratguvchisi boʻlgan Allohdan oʻzgani doʻst tutaymi?!» Ayting: «Albatta, men Allohga boʻyinsunguvchi kishilarning avvalgisi boʻlishga maʼmurman (amr qilinganman)». Hargiz mushriklardan boʻlmang!Айтинг: «Ўзи ризқланмай (таомланмай барчани таомлантирган) ҳолида осмонлар ва Ернинг яратгувчиси бўлган Аллоҳдан ўзгани дўст тутайми?!» Айтинг: «Албатта, мен Аллоҳга бўйинсунгувчи кишиларнинг аввалгиси бўлишга маъмурман (амр қилинганман)». Ҳаргиз мушриклардан бўлманг!
Inson faqat Allohnigina Oʻziga valiy–mavlo, yoʻlboshchi, hokim, yordam beruvchi qilib olmogʻi lozim. Chunki,
«U osmonlaru yerni yaratguvchidir».
Oʻsha Yaratguvchi zotni–osmonlaru yerning bagʻridagi jamiki narsalarning moliki–egasi boʻlgan Zotni qoʻyib, kimni valiy qilib olish mumkin?
«U taom beradi va taomlanmaydi».
Agar bu dunyoda yashashga imkon beruvchi zotga ibodat qilish kerak boʻladigan boʻlsa, bu ish ham Allohning Oʻzigagina tegishli. Bu dunyoda maxluqotlarga haqiqiy taom beruvchi faqat uning Oʻzi, xolos. Bundan boshqa narsalar oʻzlari birovga taom bera olmaydilar, balki barchalari oʻzlari taom yeydilar. Alloh esa, barchaga taom bergani bilan Oʻzi taomga hojatmand emas...
«Men avvalgi taslim boʻluvchi boʻlmoqqa amr qilindim».
Taslim boʻlish mukammal musulmon boʻlish maʼnosini anglatadi. Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, u kishidan oʻz dinlariga bir oz boʻlsa-da yon bosishni soʻrab turgan mushriklarga ochiq-oydin qilib, Islomdan boshqa yoʻlga yurmasliklarini eʼlon qilishni amr etmoqda.
«menga hech mushriklardan boʻlmagin, deb aytildi», deb ayt.
Yaʼni, Alloh amr etdi. Zinhor-bazinhor shirkka yaqinlashib boʻlmaydi.