قُلْ إِنِّىٓ أَخَافُ إِنْ عَصَيْتُ رَبِّى عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Albatta, men agar Robbimga osiy bo`lsam, ulug` kun azobidan qo`rqaman», deb ayt.Сен: «Албатта, мен агар Роббимга осий бўлсам, улуғ кун азобидан қўрқаман», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Albatta, men agar Parvardigorimga itoatsizlik qilsam, Ulugʻ Kunda (Qiyomatda Alloh tomonidan) boʻladigan azobdan qoʻrqaman».Айтинг: «Албатта, мен агар Парвардигоримга итоатсизлик қилсам, Улуғ Кунда (Қиёматда Аллоҳ томонидан) бўладиган азобдан қўрқаман».
Ulugʻ kundan murod qiyomat kunidir. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam shu qadar oliy maqomlariga qaramay, ulugʻ qiyomat kuni azobidan qoʻrqishlarining oʻzi hammamizga oʻrnak boʻlishi kerak. Ul zotki shunchalik xavf tuygʻusiga ega ekanlar, biz ummatlari bundan oʻzimizga munosib xulosa chiqarib olmogʻimiz lozim. Har bir isyon, gunoh va xatoimiz uchun oʻsha ulugʻ kunda javob berishimiz muqarrarligini bir lahza ham unutmasligimiz shart!