مَّن يُصْرَفْ عَنْهُ يَوْمَئِذٍ فَقَدْ رَحِمَهُۥ ۚ وَذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْمُبِينُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim o`sha kuni undan chetlansa, bas, batahqiq, Alloh unga rahim qilibdi. Ana o`sha aniq yutuqdir.Ким ўша куни ундан четланса, бас, батаҳқиқ, Аллоҳ унга раҳим қилибди. Ана ўша аниқ ютуқдир.Alauddin Mansour: Oʻsha kunda kimdan (azob) chetlatilsa, bas, unga Alloh rahm qilibdi. Mana shu ochiq najotdir!Ўша кунда кимдан (азоб) четлатилса, бас, унга Аллоҳ раҳм қилибди. Мана шу очиқ нажотдир!
Oyatdagi «undan chetlansa» degani, azobdan chetlansa, yaʼni, azobga duchor etilmasa, deganidir. Qiyomat kuni azobdan emin boʻlishning oʻzi katta yutuqdir. Bu hol oʻsha banda uchun Alloh tomonidan rahimlilikdir.
Allohga shirk keltirayotganlar nima maqsadda bunday qiladilar? Nega yagona Allohga iymon keltirmaydilar? Nima uchun Islom diniga amal qilmaydilar? Maqsadlari nima? Oʻzlariga yetadigan zararni qaytarmoqchilarmi yoki oʻzlariga manfaat jalb qilmoqchilarmi? Agar maqsad shu boʻlsa, har bir aqlli odam oʻylab koʻrsin: