QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят17

وَإِن يَمْسَسْكَ ٱللَّهُ بِضُرٍّ فَلَا كَاشِفَ لَهُۥٓ إِلَّا هُوَ ۖ وَإِن يَمْسَسْكَ بِخَيْرٍ فَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Alloh seni zarariga oladigan bo`lsa, Uning O`zidan boshqa kushoyish beradigan yo`q. Agar U seni yaxshilikka oladigan bo`lsa, bas, U har bir narsaga qodirdir.Агар Аллоҳ сени зарарига оладиган бўлса, Унинг Ўзидан бошқа кушойиш берадиган йўқ. Агар У сени яхшиликка оладиган бўлса, бас, У ҳар бир нарсага қодирдир.Alauddin Mansour: Agar Alloh sizni (kambagʻallik, xastalik kabi) biron ziyon bilan ushlasa, bas, uni faqat Oʻzigina aritguvchidir. Agar sizni biron yaxshilik bilan ushlasa, bas, bilingki, U hamma narsaga qodirdir.Агар Аллоҳ сизни (камбағаллик, хасталик каби) бирон зиён билан ушласа, бас, уни фақат Ўзигина аритгувчидир. Агар сизни бирон яхшилик билан ушласа, бас, билингки, У ҳамма нарсага қодирдир.

129-sahifa · 7-juz · 13-hizb129-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنva agarва агарيَمْسَسْكَsenga yetkazsaсенга етказсаٱللَّهُAllohАллоҳبِضُرٍّۢbiror zararбирор зарарفَلَاbas, yoʻqбас, йўқكَاشِفَkushoyish beruvchiкушойиш берувчиلَهُۥٓundanунданإِلَّاmagarмагарهُوَ ۖUning OʻziУнинг Ўзиوَإِنva agarва агарيَمْسَسْكَsenga yetkazsaсенга етказсаبِخَيْرٍۢyaxshilikяхшиликفَهُوَbas, Uбас, Уعَلَىٰ-ga-гаكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍۢnarsagaнарсагаقَدِيرٌۭqodirdirқодирдир
TafsirТафсир

Bu dunyoda, xohlasa, zarar yetkazuvchi Zot yagona Allohning Oʻzidir. Agar U Zot biror bandaga zarar yetkazadigan boʻlsa, butun dunyo bir boʻlib harakat qilganda ham, oʻsha bandadan zararni ketkazishga qodir boʻla olmaydilar. Mazkur zarardan kushoyish beruvchi ham faqat Allohning Oʻzidir. Aksincha, Alloh taolo biror bandaga yaxshilik yetkazmoqchi boʻlsa, dunyo birlashib harakat qilganda ham, oʻsha bandadan yaxshilikni toʻsa olmaydi. Har bir narsaga qodir Alloh Oʻz irodasini amalga oshiradi.

Mushriklar Allohga sherik qilib keltirayotgan but-sanam, turli hayvon va mavjudotlar, tuzum va firqalarning qaysi biri shunday qudratga ega? Ulardan hech biri oʻziga yetgan zararni qaytara olmaydi, xohlagan paytida oʻziga manfaat ham jalb qila olmaydi.