وَحَآجَّهُۥ قَوْمُهُۥ ۚ قَالَ أَتُحَـٰٓجُّوٓنِّى فِى ٱللَّهِ وَقَدْ هَدَىٰنِ ۚ وَلَآ أَخَافُ مَا تُشْرِكُونَ بِهِۦٓ إِلَّآ أَن يَشَآءَ رَبِّى شَيْـًٔا ۗ وَسِعَ رَبِّى كُلَّ شَىْءٍ عِلْمًا ۗ أَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va qavmi u ila tortishdi. U: «Men bilan Alloh haqida tortishasizlarmi, holbuki, U meni hidoyat etdi. Men Unga shirk keltirayotgan narsangizdan qo`rqmasman. Magar Robbim biror narsani iroda etsa, bo`lishi mumkin. Robbim barcha narsani O`z ilmi ila qamrab olgan. Eslasangiz bo`lmasmi?» – dedi.Ва қавми у ила тортишди. У: «Мен билан Аллоҳ ҳақида тортишасизларми, ҳолбуки, У мени ҳидоят этди. Мен Унга ширк келтираётган нарсангиздан қўрқмасман. Магар Роббим бирор нарсани ирода этса, бўлиши мумкин. Роббим барча нарсани Ўз илми ила қамраб олган. Эсласангиз бўлмасми?» – деди.Alauddin Mansour: Qavmi u bilan tortishgan edi: «Men bilan Alloh xususida tortishasizmi?! Axir (Uning Oʻzi) meni hidoyat qildi-ku?! Men sizlar Allohga sherik qilgan butlaringizdan qoʻrqmayman. (Chunki u butlar hech qanday ziyon yetkaza olmas), magar Parvardigorim xohlagan narsagina (boʻlur). Parvardigorim barcha narsani Oʻz ilmi bilan qamrab olgandir. Eslatma-ibrat olmaysizlarmi?!», dedi.Қавми у билан тортишган эди: «Мен билан Аллоҳ хусусида тортишасизми?! Ахир (Унинг Ўзи) мени ҳидоят қилди-ку?! Мен сизлар Аллоҳга шерик қилган бутларингиздан қўрқмайман. (Чунки у бутлар ҳеч қандай зиён етказа олмас), магар Парвардигорим хоҳлаган нарсагина (бўлур). Парвардигорим барча нарсани Ўз илми билан қамраб олгандир. Эслатма-ибрат олмайсизларми?!», деди.
Buzuq qalb va ong har narsani oʻz oʻlchovi bilan oʻlchaydi va oʻz koʻzi ila koʻradi. Har qanday yomonlikni yaxshilik deb baholashi va uni himoya qilishi turgan gap. Bunday holga tushib qolganlar ularni toʻgʻri yoʻlga daʼvat qiluvchilarni ham oʻzlariga dushman deb biladilar. Ularga qarshi har narsa qiladilar. Mana, Ibrohim alay- hissalom oʻz Robbiga yuzlanganligini eʼlon qilishidan va hali mushriklarga, ularning xudolariga til tekkizmasidan avval bahsga kirishdilar. Oʻzlari ibodat qilayotgan, na foyda, na ziyon yetkaza olmaydigan, tosh, yogʻochdan ishlangan but-sanamlar va osmon jismlarining zaifligini, aqiydalari puchligini unutib, kamolot sohibi boʻlgan Alloh taolo haqida tortisha boshladilar. Haqiqiy moʻmin boʻlgan Ibrohim alayhissalom ham haqiqiy moʻminning yoʻlini tutdilar. U kishi oʻzlari iymon keltirgan, Uning yoʻlini tutgan yagona Alloh taolo haqida ishonch va xotirjamlik, sabot va koʻngli toʻqlik bilan soʻzlay boshladilar.
«Men bilan Alloh haqida tortishasizlarmi?»–dedi.
Meni hidoyatga solgan Zot haqida men bilan tortishasizlarmi? Menga U Oʻzini tanitdi. Men aqlim, vijdonim va butun vujudim ila Uni tanidim. Endi esa, sizlar, Uni bormi-yoʻqmi deb, men bilan gap talashasizlarmi?
«Men Unga shirk keltirayotgan narsangizdan qoʻrqmasman».
Oʻzingiz yogʻoch yoki toshdan yasab olgan butlardan, yulduz, oy va quyoshdan va shunga oʻxshash siz xudo deb, Allohga sherik qilayotgan narsadan qoʻrqmayman. Ularning hammasini mening Robbim yaratgan, ular birovga foyda ham, zarar ham keltira olmaydigan narsalardir.
«Magar Robbim biror narsani iroda etsa, boʻlishi mumkin».
Yaʼni, hamma narsa Allohning irodasi bilan boʻladi. Shuning uchun, Allohdan oʻzgadan qoʻrqishning hech hojati yoʻq.
«Robbim barcha narsani oʻz ilmi ila qamrab olgan».
Allohning ilmidan tashqari hech qanday ilm yoʻq.
«Eslasangiz boʻlmasmi?»
Ana oʻshanda shirk emas, yakka va yagona Allohga ibodat keltirgan boʻlar edingiz.